41
boʻlgan ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi nomutanosiblik
ishsizlikning asosiy sabablaridan hisoblanadi.
Masalan, Samarqand viloyatida ishchi kuchiga talab uning
taklifiga koʻra 2 marta kam va ishsizlik darajasi respublikaning oʻrtacha
koʻrsatkichidan 1,8 marta katta (2-jadval).
2-jadval
Samarqand viloyatida mehnat bozori va ishsizlikning holati, %
Koʻrsatkichlar
2019 y.
2020-y.
2019–2020-
yillardagi
oʻzgarish
jami
Ishchi kuchi
taklifi
66.8
+0,4
67,2
Ishchi kuchiga talab
33,2
-0,4
32,8
Ishchi kuchi taklifining talabdan
oshib ketishi
2,0
+0,1
2,1
Ishsizlik darajasi
4,6
+0,2
5,8
Vujudga kelgan holat mehnat resurslari sonining ish joylari
miqdoridan
oshib ketishi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida ishchi
kuchiga ehtiyojning kamayishi, sanoat mehnatini qoʻllash mintaqa-
larini yaratishning sekinlashuvi va ishlab
chiqarish hamda mehnatni
tashkil qilishning ilg‘or uslublaridan samarali foydalanmaslik bilan
izohlanadi.
Avvalambor, texnik vositalardan samarasiz foydalanish va ishlab
chiqarish hamda mehnatni tashkil qilishda ilg‘or usullarni sekinlik bilan
tatbiq etish sababli qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida me’yordan
yuqori jonli mehnat sarflanmoqda va xodimlarning mazkur tarmoqdan
ozod boʻlishlari sekinlashmoqda. Tadqiqot ishlari koʻrsatadiki, uning
hozirgi mavjud texnik jihozlanish darajasida ham kamroq sonli
xodimlar bilan yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
Ishchi
kuchining ortiqcha qismidan ijtimoiy ishlab chiqarishning unga talab
boʻlgan tarmoqlarida foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mehnat haqi uning yakuniy natijalaridan uzilib qolishi va
ishlovchilarning kasbiy bilimlari va ish joylarining unumli texnika bilan
ta’minlanish darajasi pastligi nafaqat ASK korxonalari ishlab chiqarish
42
quvvatlaridan samarasiz foydalanishga,
balki ichki va tashqi
bozorlarning talablariga toʻliq mos kelmaydigan past sifatli tovarlarni
ishlab chiqarishga ham olib keladi. Natijada koʻpgina qishloq
mehnatkashlarining mehnati ijtimoiy tan olinmaydi (amalda mehnat
haqi orqali tan olingan boʻlsa ham) va xalq xoʻjaligi nuqtayi nazaridan
ularning bandligi iqtisodiy mazmunga ega boʻlmaydi. Mehnat natijasi
ijtimoiy tan olingan bandlikni oqilona deb hisoblash mumkin.
Mehnatga
qobiliyatli pensionerlar, nogironlar, oʻquvchilar, koʻp
bolali ayollar va aholining boshqa kategoriya (toifa)lari bandligini
moddiy rag‘batlantirish boʻyicha mavjud imkoniyatlardan yetarli
darajada foydalnilmaydi. Kvotalashtirilgan yangi ish joylarini yaratish
va xususiy tadbirkorlarni rivojlantirish
ularning bandligi va mehnat
haqlarini ancha oshiradi.
Vakant (boʻsh) lavozimlar va ish joylari mavjudligi haqidagi
ishonchli axborotlarning kamligi ish bilan band boʻlmagan aholini ishga
joylashtirishni qiyinlashtiradi. Statistika idoralari faqat sanoat
korxonalari va xizmat koʻrsatish obyektlaridagi ish joylarining miqdori
va tuzilishi boʻyicha axborotlar toʻplash va ularni tahlil qilish bilan
shug‘ullanadi. Ammo sinalgan metodika yoʻqligi
tufayli qishloq
xoʻjaligida ish joylarining soni haqidagi axborotlarni yig‘ish amalga
oshirilmaydi.
Bularning barchasi va mehnat bozorida munosabatlarni tartibga
solishning samarali mexanizmi mavjud emasligi aholining oqilona
bandligi shakllanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Mavjud mexanizm esa
oqilona bandlik shakllanishining asosiy shart-sharoitlarini toʻliq
hisobga olmaydi.
Dostları ilə paylaş: