Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Hozirgi paytda mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116
Hozirgi paytda mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga 
solishning toʻrtta asosiy yoʻnalishini ajratib koʻrsatish mumkin. 
Birinchidan
, bu iqtisodiyotning nodavlat sektorida bandlikning 
oʻsishini rag‘batlantirish va ish joylari sonini koʻpaytirish dasturlari, 
ikkinchidan,
ish kuchini tayyorlash va qayta tayyorlashga yoʻnal-
tirilgan dasturlar va 
uchinchidan
, ishchi kuchini yollashga koʻmak-
lashish dasturlari. Ulardan tashqari, 
toʻrtinchidan
, hukumat 
ishsizlikni ijtimoiy sug‘urta qilish borasida ham dasturlar ishlab 
chiqishga kirish-moqda, ya’ni ishsizlarga nafaqa berish uchun 
mablag‘ jamg‘armasi tuzildi. Shu tarzdagi dasturlar doirasida
masalan, AQSHda urushdan keyingi yillarda davlat sektorida 
(ijtimoiy xizmatlar sohasida – maorif, tibbiy xizmat ko‘rsatish, 
kommunal xoʻjalik hamda ijtimoiy binolar qurilishi va ta’mirlash-
tiklash ishlarida) yuz minglab ish joylari yaratilgan edi. 2500 dan 
koʻproq mahalliy agentliklarga (mehnat birja-lariga) ega boʻlgan 
AQSH ishga joylashtirish xizmati ishsizlarni roʻyxatga olish bilan 
shug‘ullanadi. Ular boʻsh ish joylari topishga harakat qilishadi, 
malakasini aniqlash maqsadida ishga da’vogarlarni test sinovidan 
oʻtkazishadi va boshqa shunga aloqador vazifalar bilan 
shug‘ullanishadi. 
Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga kelganda 
esa, AQSHda uning asosiy boʻg‘ini boʻlib oliy va oʻrta maktab, 
xususiy 
korporatsiyalarining 
oʻquv kurslari va markazlari 
hisoblanadi. Kasbga tayyorlashning davlat tizimi bu yerda ancha zaif 
rivojlangan. 
Mantiqan olganda uslubiy jihatdan bu yoʻnalishlar quyidagi 
tamoyillarga suyanadi (3-rasmga qarang): 


37 
3-rasm. Mehnat bozorini tartibga solishning mantiqiy 
yoʻnalishlari. 
– davlat bandlik xizmatlari vositasida ish bilan ta’minlanmagan 
aholini yangi kasblarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish; 
– mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan uzluksiz tartibga solib 
borishni yoʻlga qoʻyish; 
– ishsiz qolganlarni yoʻnaltirilgan ijtimoiy muhofaza qilish. 
Tadqiqotlar koʻrsatyaptiki, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin