34
soliqlarni belgilash; qattiq kredit siyosatini oʻtkazish; korxonaga
xodimni ishga olganligi uchun bir martalik toʻlovni joriy etish; ortiqcha
ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni rag‘batlantirish
va hokazolar
kiradi. Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda mehnat
unumdorligini oshirish va tejamkorlikka erishish muhim ahamiyatga
egadir.
Ishchi kuchlari taklifini koʻpaytirish usuli
. Hozirgi shart-
sharoitlarda mehnat bozoriga ishchi
kuchlari taklifini mutlaq
koʻpaytirish umuman mumkin emas. Ishchi kuchlari taklifini koʻpay-
tirishga sanoat va xizmat koʻrsatish tarmoqlari va shaxsiy mehnat
faoliyati sohalarining rivoji jiddiy toʻsiq boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi paytda
ishchi kuchi taklifi na kasb, na
malaka tuzilishi boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlaridagi jonli mehnatga
talabning oʻsish sur’atiga javob bermaydi. Shu bois ishchi kuchi
taklifining sifat koʻrsatkichlarini oʻzgartirish
hamda ularning mehnat
bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish lozim. Buning uchun esa,
bandlikning davlat xizmati tizimidagi va boshqa oʻquv yurtlaridagi
xodimlarning malakalarini
oshirishni tashkil etish, korxonalarning
oʻzidagi maxsus kurslarda kasb-korga oʻrgatishni yaxshilash va ularga
soliq toʻlovida imtiyozlar berish mahalliy kadrlar raqobatbardoshligini
oshirishning maqsadli maxsus dasturini ishlab chiqish kerak.
Ishchi kuchlari taklifini rag‘batlantirish xodimlarni ishga yollash
va joylashtirishga yordamlashish usullarini qoʻllash orqali ham amalga
oshiriladi. Bu usullar tashkiliy tusda boʻlib, boʻsh ish joylari va ishga
joylashish hamda qayta oqitishga muhtoj fuqarolarning soni haqidagi
ma’lumotlar
bankini tashkil etishni, aholini ishga joylashish
imkoniyatlari haqidagi axborotlar bilan ta’minlashni, ishsizlarni roʻy-
xatga va hisobga olishni, kasbga yoʻnaltirishga
oid chora-tadbirlarni
ishlab chiqish va oʻtkazish kabi yoʻnalishlarni qamrab oladi.
Mehnat resurslarini qayta taqsimlashning ancha samarali usullari
orasida turmush darajasini tartibga solishni alohida ajratib koʻrsatish
mumkin. Mazkur uslublar hududlarning moliyaviy resurslari hisobidan
xodimlarning mehnat va uy-joy shart-sharoitlarini hamda madaniy
maishiy xizmat koʻrsatish darajalarini yaxshilash kabi tadbirlarni
oʻtkazib, ularni tartibga solish asosida tatbiq etiladi.