kuchlariga
talabni
kamaytirish hamda ular taklifini koʻpaytirish mehnat bozorini
tartibga solishning maqsadga muvofiq usullaridir
.
Ishchi kuchlariga talabni kamaytirish usuli
. Mazkur usulga
hududiy hokimiyatlarning u yoki bu mintaqalarda, tarmoqlar yoki kasb-
hunarlar boʻyicha ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi ish
joylarini vujudga keltirishni sekinlashtirishga oid quyidagi chora-
tadbirlar: ortiqcha ishchi kuchlaridan foydalanganlik uchun qoʻshimcha
34
soliqlarni belgilash; qattiq kredit siyosatini oʻtkazish; korxonaga
xodimni ishga olganligi uchun bir martalik toʻlovni joriy etish; ortiqcha
ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni rag‘batlantirish va hokazolar
kiradi. Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda mehnat
unumdorligini oshirish va tejamkorlikka erishish muhim ahamiyatga
egadir.
Ishchi kuchlari taklifini koʻpaytirish usuli
. Hozirgi shart-
sharoitlarda mehnat bozoriga ishchi kuchlari taklifini mutlaq
koʻpaytirish umuman mumkin emas. Ishchi kuchlari taklifini koʻpay-
tirishga sanoat va xizmat koʻrsatish tarmoqlari va shaxsiy mehnat
faoliyati sohalarining rivoji jiddiy toʻsiq boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi paytda ishchi kuchi taklifi na kasb, na
malaka tuzilishi boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlaridagi jonli mehnatga
talabning oʻsish sur’atiga javob bermaydi. Shu bois ishchi kuchi
taklifining sifat koʻrsatkichlarini oʻzgartirish hamda ularning mehnat
bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish lozim. Buning uchun esa,
bandlikning davlat xizmati tizimidagi va boshqa oʻquv yurtlaridagi
xodimlarning malakalarini oshirishni tashkil etish, korxonalarning
oʻzidagi maxsus kurslarda kasb-korga oʻrgatishni yaxshilash va ularga
soliq toʻlovida imtiyozlar berish mahalliy kadrlar raqobatbardoshligini
oshirishning maqsadli maxsus dasturini ishlab chiqish kerak.
Ishchi kuchlari taklifini rag‘batlantirish xodimlarni ishga yollash
va joylashtirishga yordamlashish usullarini qoʻllash orqali ham amalga
oshiriladi. Bu usullar tashkiliy tusda boʻlib, boʻsh ish joylari va ishga
joylashish hamda qayta oqitishga muhtoj fuqarolarning soni haqidagi
ma’lumotlar bankini tashkil etishni, aholini ishga joylashish
imkoniyatlari haqidagi axborotlar bilan ta’minlashni, ishsizlarni roʻy-
xatga va hisobga olishni, kasbga yoʻnaltirishga oid chora-tadbirlarni
ishlab chiqish va oʻtkazish kabi yoʻnalishlarni qamrab oladi.
Mehnat resurslarini qayta taqsimlashning ancha samarali usullari
orasida turmush darajasini tartibga solishni alohida ajratib koʻrsatish
mumkin. Mazkur uslublar hududlarning moliyaviy resurslari hisobidan
xodimlarning mehnat va uy-joy shart-sharoitlarini hamda madaniy
maishiy xizmat koʻrsatish darajalarini yaxshilash kabi tadbirlarni
oʻtkazib, ularni tartibga solish asosida tatbiq etiladi.
|