107
Mazkur EMKning muhim afzalligi uning qulay dastur va
matematik ta’minotidir. Uning chiziqsiz dasturlash xarakteriga ega
boʻlgan qismi ham yengil algoritmlanadi. Shuning uchun modellarni
kompyuterga kiritish ketma-ket olib boriladi. Bu esa masalalarning
yechimlarini tezda topish va vaqtni tejash imkonini beradi.
Shu bilan birga, EMK cheklanishlar xususiyatiga ham ega.
Bunday xususiyat quyidagi holatlarda koʻrinadi: birinchidan, mazkur
modellar kompleksi tarkibida aholining turmush darajasi modeli
uchramasligi ijtimoiy iste’mol talabini toʻliq asoslay olmaydi;
ikkinchidan, shakllanayotgan va rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti
munosabatlarining barcha ijtimoiy-iqtisodiy jumboqlarini aniqlash va
yechish imkoniyatiga ega emas; uchinchidan, modellarni tatbiq etishda
natural koʻrsatkichlarga nisbatan koʻproq qiymat oʻlchovlarining
ishlatilishi ma’lum darajada natijalar ishonchliligini pasaytiradi.
Kompleks ekonometrik modellashtirishdagi qayd etilgan kamchiliklarni
ijtimoiy rivojlanish boʻyicha qoʻshimcha modellar ishlab chiqish yoʻli
bilan bartaraf etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: