106
muvofiqlashtirish; mehnat bozorining asosiy elematlari va marketing
koʻlami boʻyicha koʻpvariantli istiqbol rejalarini belgilash; reklama
agentliklarining mahsulotlarini ishlab chiqish, tarqatish va sotish;
mehnat birjalari kadrlar marketingi faoliyatining strategik dasturlarini
tuzish.
Aniq sotsiologik tadqiqotlarni (AST) oʻtkazish O-BAND,ISHSIZ
va MB-R modellarining axborot ta’minotini yaxshilaydi va ishga
yollangan xodimlar bilan ish beruvchilar oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni yanada takomillashtirish va ishsizlikni kamaytirish
boʻyicha ustuvor chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi.
Sotsialogik axborotlarni shakllantirish va ularni tuzilgan EMKda
qoʻllash quyidagi bosqichlarda olib boriladi: ASTning bosh maqsadini,
asosiy vazifalarini, predmeti va obyektini aniqlash; anketalarni tuzish;
anketa savollariga javoblarni kodlashtirish; AST obyektlarini tanlash
uslublarini aniqlash; tanlangan obyektlarning demosotsial va iqtisodiy
rivojlanishi bilan tanishish; AST obyektlaridagi respondentlarni
(soʻraluvchilarni) tanlash; sotsiologlarni, iqtisodchilarni, soʻroq
oʻtkazuvchilarni (intervyuerlarni) va dasturchilarni tanlash va oʻqitish;
sotsiaologik dastur tuzish; respondentlar bilan soʻrov oʻtkazish va
anketalarning toʻg‘ri toʻldirilganligini tekshirish; soʻrovning dastlabki
axborotlarini kompyuterda qayta ishlash; hosil qilingan sotsialogik
axborotlar asosida ilmiy hisobot tuzish va qayd etilgan modellarni
qoʻllash.
Dostları ilə paylaş: