Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116
Toʻrtinchi bosqichda
tuzilgan mehnat bozori shakllanishi va 
rivojlanishi EMKlarini yechish uslublari aniqlanadi. Bunday uslublar 
jumlasiga chiziqli va blokli dasturlash, kompyuterda imitatsiyalash, 
karrelatsion-regression tahlillash kabi iqtisodiy kibernetikaning asosiy 
vositalari (qurollari) kiradi. Iqtisodiy-matematik masalaning berilishi-
ga qarab, yuqorida qayd etilgan uslublardan biri qoʻllaniladi. Masalan, 
mehnat bozori shakllanishining EMK va oʻrganilayotgan obyektning 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy koʻrsatkichlari negizida 
vujudga kelgan MB-R imitatsion modellari kompleksini yechishda 
kompyuterda imitatsiyalash uslubi ishlatiladi. 
Modellashtirishning ushbu bosqichida ishlab chiqilgan modellarni 
kompyuterda yechish uchun maxsus algoritmlar va dasturlar tuziladi 
hamda tayyor amaliy dasturlar paketini (TAPP) qoʻllash imkoniyatlari 
aniqlanadi. Mehnat bozorining EMKni tatbiq etishda TSP,LPS888 
(AQSH),RUSSIA TAPP va muallif dasturi M-BOZOR qoʻllaniladi. 
Beshinchi bosqichda
mehnat bozorining EMKni tatbiq etish 
uchun zarur boʻlgan axborotlar toʻplanadi va tahlil qilinadi hamda 
ularning ishonchliligi aniqlanadi. Uning axborot ta’minoti mehnat 
sarflari tarmoqlararo balanslari, statistika ma’lumotlari va kadrlar 
marketingi hamda aniq sotsiologik tadqiqotlarning natijalari asosida 
boyitiladi. 
Kadrlar marketing tadqiqoti ishchi kuchiga talab taklifni hamda 
ular oʻrtasidagi nisbatlarni baholashni yaxshilaydi.Uning natijalari 
TALAB, TAKLIF, TARTIB va MB-R modellarini tatbiq etishda 
qoʻllaniladi. Kadrlar marketingi tadqiqoti quyidagi bosqichlarda 
oʻtkaziladi: asosiy maqsadlarni, muhim muammolarni va vazifalarni 
aniqlash; mehnat bozori konyunkturasining asosiy elementlari boʻyicha 
axborotlarni toʻplash va tahlil qilish; ishchi kuchi va uning taklifi 
oʻrtasidagi nomutanosiblikni toplash; ishsizlikning miqyosi va 
sabablarini aniqlash; ishsizlikni kamaytirish boʻyicha tadbirlar ishlab 
chiqish; zaruriy mutaxassisliklar va ixtisoslilklarning miqdori va 
tarkibini aniqlash; ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi nisbatlarni 


106 
muvofiqlashtirish; mehnat bozorining asosiy elematlari va marketing 
koʻlami boʻyicha koʻpvariantli istiqbol rejalarini belgilash; reklama 
agentliklarining mahsulotlarini ishlab chiqish, tarqatish va sotish; 
mehnat birjalari kadrlar marketingi faoliyatining strategik dasturlarini 
tuzish. 
Aniq sotsiologik tadqiqotlarni (AST) oʻtkazish O-BAND,ISHSIZ 
va MB-R modellarining axborot ta’minotini yaxshilaydi va ishga 
yollangan xodimlar bilan ish beruvchilar oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni yanada takomillashtirish va ishsizlikni kamaytirish 
boʻyicha ustuvor chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi. 
Sotsialogik axborotlarni shakllantirish va ularni tuzilgan EMKda 
qoʻllash quyidagi bosqichlarda olib boriladi: ASTning bosh maqsadini, 
asosiy vazifalarini, predmeti va obyektini aniqlash; anketalarni tuzish; 
anketa savollariga javoblarni kodlashtirish; AST obyektlarini tanlash 
uslublarini aniqlash; tanlangan obyektlarning demosotsial va iqtisodiy 
rivojlanishi bilan tanishish; AST obyektlaridagi respondentlarni 
(soʻraluvchilarni) tanlash; sotsiologlarni, iqtisodchilarni, soʻroq 
oʻtkazuvchilarni (intervyuerlarni) va dasturchilarni tanlash va oʻqitish; 
sotsiaologik dastur tuzish; respondentlar bilan soʻrov oʻtkazish va 
anketalarning toʻg‘ri toʻldirilganligini tekshirish; soʻrovning dastlabki 
axborotlarini kompyuterda qayta ishlash; hosil qilingan sotsialogik 
axborotlar asosida ilmiy hisobot tuzish va qayd etilgan modellarni 
qoʻllash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin