Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116
Oltinchi bosqichda
tuzilgan EMK TSP, LPS88, RUSSIA va
M-BOZOR 
dasturlari 
va 
ishonchli 
axborotlar 
yordamida 
kompyuterlarga kiritilib, zaruriy natijalar (yechimlar) hosil qilinadi. 
Ekonometrik modellashtirishning 
soʻnggi bosqichida
esa 
kompyuterdan olingan natijalar iqtisodiy-matematik baholanadi, 
ishonchliligi tekshiriladi va mehnat bozori shakllanishi va rivojlani-
shining ratsional variantlari topiladi. 
Mehnat bozorining EMK natijalari ijtimoiy muhofazalangan 
bozor iqtisodiyotinnig boshqa modellari axboroti ta’minotini yanada 
boyitadi. Masalan, O-BAND modellashtirish bilan band va band 
boʻlmagan aholining daromadlari “chiqish” koʻrsatkichi sifatida 
turmush tarzi va ijtimoiy rivojlanishining modellari uchu «kirish» 
axboroti boʻla oladi. 


107 
Mazkur EMKning muhim afzalligi uning qulay dastur va 
matematik ta’minotidir. Uning chiziqsiz dasturlash xarakteriga ega 
boʻlgan qismi ham yengil algoritmlanadi. Shuning uchun modellarni 
kompyuterga kiritish ketma-ket olib boriladi. Bu esa masalalarning 
yechimlarini tezda topish va vaqtni tejash imkonini beradi. 
Shu bilan birga, EMK cheklanishlar xususiyatiga ham ega. 
Bunday xususiyat quyidagi holatlarda koʻrinadi: birinchidan, mazkur 
modellar kompleksi tarkibida aholining turmush darajasi modeli 
uchramasligi ijtimoiy iste’mol talabini toʻliq asoslay olmaydi
ikkinchidan, shakllanayotgan va rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti 
munosabatlarining barcha ijtimoiy-iqtisodiy jumboqlarini aniqlash va 
yechish imkoniyatiga ega emas; uchinchidan, modellarni tatbiq etishda 
natural koʻrsatkichlarga nisbatan koʻproq qiymat oʻlchovlarining 
ishlatilishi ma’lum darajada natijalar ishonchliligini pasaytiradi. 
Kompleks ekonometrik modellashtirishdagi qayd etilgan kamchiliklarni 
ijtimoiy rivojlanish boʻyicha qoʻshimcha modellar ishlab chiqish yoʻli 
bilan bartaraf etish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin