Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   116
Qisqacha xulosalar
 
Ushbu dastur mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif 
oʻrtasidagi bozor muvozanatiga erishish, ishsizlikni kamaytirish, yuqori 
malakali, kasbga ega xodimlarni shakllantirish, band boʻlmagan 
shaxslarning ishonchli ijtimoiy himoyalashni ta’minlash kabi qisqa va 
uzoq muddatli tadbirlarni ishlab chiqishga imkon beradi. 
Mazkur dastur bir-biri bilan oʻzaro bog‘langan boʻlimlardan iborat 
boʻlib, unda “maqsadalar daraxti”ni ifodalovchi boʻlim yetakchi 
hisoblanadi. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. Mehnat bozorining maqsadli kompleks dasturi qanday 
ahamiyatga ega? 
2. Dastur tuzishning qanday tamoyillari bor? 
3. Maqsadli kompleks dastur qanday boʻlimlardan tashkil topgan? 
4. Ushbu dastur qanday bosqichlar asosida ishlab chiqiladi? 


98 
5. Dastur tadbirlarini amalga oshirish samaradorligi qanday 
aniqlanadi? 
Asosiy adabiyotlar 
 
1. Заславкая Т.И., Ривкина Р.В. Методологические проблем 
системного изучения деревний. –
Новосибирск: «Наука», 1977. 
2. Программа – целевое управление воспроизводством 
трудовых реурсов Отв.ред. ВВ.Опикиенко и др. Киев: науков 
Думка,1993 3. Xolmuminov Sh.R. Моделирование сельского рынка 
труда. –Т.: «Fan», 1996. 
4. Холмуминов Ш. Р. Основы разработки целевой комплекснй 
программы функционирования сельского рына труда в переходной 
период- Т.: Журнал: Обуцественные науки в Узбекистане, 
1998,№2. 
 
 


99 
IX BOB 
 
MEHNAT BOZORINI EKONOMETRIK 
MODELLASHTIRISH 
 
9.1. Mehnat bozorini ekonometrik modellashtirishning 
mohiyati 
 
Hozirgi paytda bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida yuzaga 
kelayotgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni miqdor 
jihatdan oʻrganishda iqtisodiy modellashtirishni rivojlaitirish muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada ekonometrik modellashtirish 
samarali hisoblanadi [1, 2, 3, 4]. 
Rejalashtirilgan iqtisodiy sharoitda ekonometrik modellarni 
qoʻllash cheklangan edi. Unga tor mazmunda iqtisodiy jarayonlarning 
sabab-oqibatlarini oʻrganuvchi «Matematik statistika va ehtimollar 
nazariyasi» fanining bir boʻlagi sifatida qaralardi. Sobiq sovet olimlari 
ekonometrik uslublarni «Makroiqtisodiy modellashtirish», «Ishlab 
chiqarish funksiyalari», «Tarmoqlararo balanslar», «Statistika» kabi 
fanlar sohalarida qoʻllab keldi. Ularning ba’zilari esa ekonometrikaning 
rejali iqtisodiyotga qoʻllanishini nazarda tutib, uning «planometriya», 
deb atalishini taklif etdi [4, 89-bet.]. 
Ekonometrika bozor iqtisodiyoti nazariyasining rivojiga muhim 
hissa qoʻshdi. Uning uslublari va modellari talab va taklif, iste’mol, 
iqtisodiy oʻsish, umumiy va xususiy barqarorlik kabi bozor iqtisodiy 
nazariyasining fundamental kategoriyalarini asoslashda salmoqli oʻrin 
tutadi. 
Hozirgacha «Ekonometrika» tushunchasini talqin etishda yagona 
fikr mavjud emas. Bu borada prof. A.A. Rivkin amerikalik mashhur 
olim D. Jonsonning «Ekonometrik uslublar» kitobiga soʻz boshi 
yozganda 
quyidagi 
fikrni 
bayon 
etadi: 
«Ayrim 
mualliflar 
ekonometriyani iqtisodiy-matematik yoʻnalishdagi barcha ishlar 
yig‘indisi, ba’zilari amaliy statistikani mazmunan boyitish manbayi, 
boshqalari esa matematik statistikada ishlab chiqilgan uslublarga 
asoslangan ishlar, deb ta’riflashadi» [3, 89-bet.]. 
Katta ensiklopediyada «Ekonometrika» keng mazmunda talqin 
etilib, u voqealarni nazariy modellashtirish, deyiladi. Tor mazmunda esa 


100 
u aniq iqtisodiy qonuniyatlarni, kategoriyalarni, jarayonlarni va 
obyektlarni miqdor jihatdan matematik va statistik uslublar va modellar 
yordamida oʻrganuvchi fan, deb tushuniladi. Ekonometrikaning tor 
mazmundagi tushunchasi «Qisqacha iqtisodiy-matematik lug‘at» 
kitobida ham yuqoridagi fikrga oʻxshash talqin etiladi [4, 307-bet.]. Bu 
fikrlarga asosan, “Ekonometrika”ning tor mazmundagi tushunchasi 
keng tushunchasiga nisbatan koʻp qoʻllaniladi, degan xulosaga kelish 
mumkin. 
Bu xulosaga asosan, agarda «ekonometrika» soʻzi «iqtisodiyotni 
baholash» deb oʻzgartirilsa, unda bu tushunchadan quyidagi tushuncha 
kelib chiqadi. Ekonometrika -iqtisodiy jarayonlarni va voqyealarni 
miqdoriy baholashdir. Bu tushuncha boʻyicha barcha iqtisodiy-
matematik modellar ekonometrikaga taalluqli boʻladi.Yuqorida qayd 
etilgan barcha fikrlar mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishining 
kompleks ekonometrik modellashtirish metodolopgiyasini yaratishda 
asos boʻla oladi [14,5-bet.]. 
Mehnat bozori - kompleks ekonometrik modellashtirishning yangi 
obyekti. Unda ish bilan band va band boʻlmagan aholining «mehnatga 
qobiliyatlarini» shartnomalar asosida sotish sotib olish jarayoniga koʻp 
omillar va sharoitlar ta’sir koʻrsatadi. Mehnat bozori shakllanishi va 
rivojlanishining ayrim komponentlarini matematik izohlash - ekometrik 
modellar ishonchligini oshirishga olib kelaver-maydi. Mehnat 
bozorining faoliyati talab, taklif, baho, raqobat kabi ishchi kuchini 
yollash vositalariga bog‘liq boʻlibgina qolmasdan, balki, mamlakatning 
iqtisodiy, demografik va ijtimoiy salohiyatlari holati bilan ham 
belgilanadi. Shuningdek, uning samarali faoliyatida ekonometrik 
modellar kompleksi yordamida aholining oqilona bandligini 
shakllantirish va ishsizlikni kamaytirish boʻyicha aniqlan-gan chora-
tadbirlar ham muhim oʻrin tutadi. Mehnat bozori shakllanishi va 
rivojlanishiga ta’siretuvchi omillar va sharoitlarni miqdoriy baholash 
kompleks ekonometrik modellashtirishni qoʻllashni taqozo etadi. Bu 
jarayon esa bosqichma-bosqich olib boriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin