94
Dasturni ishlab chiqishda
«Axborotlar bilan ta’minlash
» boʻlimi
muhim ahamiyatga ega. U statistik hisobot, kadrlar marketingi va aniq
sotsiologik tadqiqotlarning ma’lumotlari asosida shakllanadi.
Mazkur boʻlimda
tovarlar, qimmatli qog‘ozlar va ilmiy ishlan-
malar bozorlari, tadqiq qilinayotgan hudud rivojlanishining demografik,
ijtimoiy va iqtisodiy koʻrsatkichlari haqida axborotlar ham boʻladi.
Dasturning
“Modellar
va hisoblash texnikasi ta’minoti”
boʻlimi
mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishining
tahlili va prognozini
belgilashda hamda ratsional parametrlarini aniqlashda qoʻllaniladigan
ekonometrik modellar,
balans uslublari, amaliy yaratgan dasturlar
paketi, hisoblash texnikasi va boshqa vositalar
majmuasidan iborat
boʻladi.
«Dasturlar ta’minoti»
boʻlimi turli tadbirlar,
ularni bajaruvchi
mas’ul shaxslar va bajarish muddatlari koʻrsatilgan, oʻzaro bog‘langan
aniq dasturchalar majmuasidan iborat boʻladi. Ular mehnat bozori
faoliyatining «maqsadlar daraxti» asosida tuziladi. Har bir dastur oʻzaro
bog‘langan bir necha boʻlimlardan tashkil topadi (7-rasm).
Dostları ilə paylaş: