97
hujjatlardan iborat boʻladi («Aholini ish bilan ta’minlash toʻg‘risida»gi
qonun, «Mehnat kodeksi» va boshqalar).
Yangi huquqiy-normativ
hujjatlar qabul qilinganidan keyin ular zudlik bilan dasturni amalga
oshiruvchilarga yetkazilishi kerak.
Dasturni ishlab chiqish va boshqarishni tashkil qilishning asosiy
bosqichlari boʻlimlarning izchillik bilan joylanishiga asoslanadi:
maqsadlar
va asosiy vazifalarni aniqlash; tahlil va prognozlash-
tirishning metodik va model apparatlarini ishlab chiqish;
statistik,
marketing va sotsiologik axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish;
dasturchalar majmuasini tuzish; dasturga aniqlik kiritish va tasdiqlash;
dasturni amalga oshirish boʻyicha boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy va
huquqiy mexanizmlarini yaratish.
Mazkur dastur samaradorligining xarajatlar bilan natijatarni
taqqoslashning klassik yoʻli orqali baholash mumkin emas. Uni amalga
oshirishning samarasini ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi farq
dinamikasi, aholining ish bilan bandligi va
ishsizlik darajasiga qarab
baholash maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: