Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Mehnat bozori shakllanishida EMKni tuzish va hisoblash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116
Mehnat bozori shakllanishida EMKni tuzish va hisoblash 
xususiyatlari quyidagicha boʻladi: 
1. Mehnat bozori shakllanishida mavjud EMK oʻzaro bog‘langan 
sakkizta modellar blokidan iborat: ishchi kuchi taklifi shakllanishining 
demosotsial manbalari (DEMOSOC); ishchikuchiga talab vujudga 
kelishining iqtisodiy koʻrsatkichlari (IQTISOD) mehnat sarflarining 
tarmoqlararo balanslari (TAB-M) ishchi kuchining taklifi (TAKLIF); 
ishchi kuchiga talab (TALAB); ishchi kuchiga talab va taklifni ijtimoiy-
iqtisodiy tartibga solish (TARTIB); aholining oqilona bandligini 


110 
shakllantirish (O-BAND) va ishsizlik holatining tahlili va istiqboli 
(ISHSIZ) (8-rasmga qarang). 
2. Mehnat bozori shakllanishini kompleks ekonometrik 
modellashtirish jarayonida dastlab, DEMOSOC (mehnat resurslarining 
soni, yosh tuzilishi, malakasi, ma’lumoti va mexanik harakatlanishi), 
TAB-M (jonli, buyumlashgan va jamlangan mehnat sarflari va ular 
oʻrtasidagi nisbatlar) va IQTISOD (yalpi ichki mahsulotning, asosiy 
ishlab chiqarish fondlari va investitsiyalarning hajmi va tuzilishi, ish 
joylarining qiymati, iste’mol bozorining holati va boshqalar) 
modellarining bloklari ishlab chiqiladi. Ularning «chiqish» axborotlari 
boshqa modellar bloklarini tuzishda «kirish» axborotlari boʻlib xizmat 
qiladi. 
3. Ma’lumki, qishloq xoʻjaligi, sanoat va shaxsiy mehnat 
tarmoqlarining samarali faoliyati IQTISOD modellarida qayd 
etilganidek, xizmat koʻrsatish tarmoqlarining rivojlanish dinamikasiga 
bog‘liq. Bu tarmoqlar uchun IQTISOD modellarida yaxshi investitsion 
muhit mavjud. 
Mehnat bozori shakllanishining EMK tartibga solish masalalarini 
yechishga moʻljallangan boʻlgani uchun, uning modellarida teskari 
aloqalar ikki yoʻl bilan hisobga olinadi. Birinchidan, ular rekursiv 
tenglamalar koʻringanida berilgan boʻlib, iste’mol bozoridagi baholar 
darajasini qishloq xoʻjaligi, sanoat va shaxsiy mehnat tarmoqlarining 
samarali faoliyat koʻrsatish koʻrsatkichlari bilan bog‘laydi, ya’ni ular 
modellar boʻyicha hisob tartibini aniqlaydi. Ikkinchidan, biz ekspert–
foydalanuvchilarga teskari aloqa bilan birgalikda EMKning elementi 
sifatida qaraymiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin