Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116
Qisqacha xulosalar
Ekonometrik modellashtirish mehnat bozori faoliyatini miqdoriy 
kompleks baholashning asosiy vositalarida biri hisoblanadi. 
Ekonomestrik modellashtirish mehnat bozori shakllanishi va 
rivojlanishining ratsional parametrlari (oʻlchovlari)ni topish imkonini 
beradi. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. “Ekonometrika” tushunchasi nimani anglatadi? 


111 
2. Mehnat bozorini ekonometrik modellashtirishning qanday 
ahamiyati bor? 
3. Mehnat bozori shakllanishi va rivojlantirilishini ekonometrik 
modellashtirish qanday bosqichlar asosida olib boriladi? 
4. Ekonometrik modellar kompleksining tarkibi qanday? 
5. Ekonometrik modellar qanday dasturlar va axborotlar 
yordamida tatbiq etiladi? 
Asosiy adabiyotlar 
 
1. Гранберг A.Г., Суспицин С.A. Введение в системное 
моделирование народного хозяйства. – Новосибирск: «Наука», 
1988. 
2. Вин Н.Р., Холден К. Введение прикладной экономический 
анализ –M.: «ФИНАНСЫ И СТАТИСТИКА», 1981. 
3. Джонсон Дж. Эконометрические методи. –М.: «Статис-
тика», 1980. 
4. Холмуминов Ш. Р. Комплекс эконометрических моделей 
сельского рынка // доклады академии наук Республики 
Узбекистан, 1977, №5. 
5. Xolmo‘minov SH.R. Qishloq mehnat bozorining shakllanishi 
va rivojlanishi hamda ularni modellashtirish. –T.: «Fan», 2016.


112 
X BOB 
MEHNAT BOZORINING KADRLAR MARKETINGI 
TADQIQOTI 
10.1. Mehnat bozoriga kadrlar marketingi tadqiqotini 
qoʻllashning ahamiyati 
Hozirgi paytda statistik ma’lumotlar mehnat bozoridagi ishchi 
kuchiga boʻlgan talab va uning taklifini toʻliq ifodalay olmayapti. 
Chunki, ish joylarini hisobga olishning maqbul metodikasi yoʻqligidan 
ishchi kuchiga boʻlgan talabning miqdorini aniqlash murakkabligicha 
qolmoqda. Aholi bandligini mehnat bozori mexanizmlari asosida 
oqilona tartibga solish esa ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklif miqdori 
va tarkibini doimiy tahlil qilib borishni taqozo etadiki, iqtisodiy jihatdan 
mushohada etilgan mulohazalar shu asosda ishlab chiqiladi. Shunday 
muammolarni yechishda kadrlar marketingi asoslarini keng qoʻllash 
ijobiy natijalar beradi.
Marketing tadqiqoti muammolariga xorijiy va MDH davlatlari 
olimlarining koʻp ilmiy ishlari bag‘ishlangan. Ularda “marketing 
tahlili” tushunchasi turlicha talqin etiladi. Masalan, amerikalik mashhur 
iqtisodchi F.Kotler quyidagi aniq tushunchani ilgari suradi: “Marketing 
tadqiqoti – firma oldida turgan marketing vaziyatlari haqida 
ma’lumotlar toʻplamini sistematik ravishda aniqlash, toʻplash va tahlil 
qilish natijalarining hisoboti” [3,95-bet]. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tovarlarga boʻlgan 
talab va taklifni oʻrganishda marketing keng qoʻllaniladi. O‘zbekistonda 
esa, marketing fan sifatida shakllanib, tovarlar, qimmatli qog‘ozlar va 
investitsiyalar bozorlari tahlilida oʻz ijobiy natijalarini bermoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin