Tadqiqotning maqsadi – mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi nisbatlarni muvofiqlashtirish boʻyicha strategik tadbirlarni ishlab chiqish. Ikkinchi bosqichda mehnat bozori konyunkturasi asosiy
elementlarining holatlari boʻyicha axborotlarni toʻplash va tahlil qilish
amalga oshiriladi. Tadqiqotchi birlamchi yoki ikkilamchi axborotlarni
yoxud u yoki bunisini bir vaqtning oʻzida toʻplashi mumkin. Ikkilam-
chi axborotlar ichki va tashqi manbalar hisobidan vujudga keladi.
Ichki manbalar boʻlib, korxonalarining yillik hisobotlari, kadrlar
marketinggi
tadqiqotlarining
natijalari,
bandlik
xizmatining
ma’lumotlari, reklama agentliklarining sharhlari va boshqalar xizmat
qiladi. Tashqi manbalar esa iqtisodiyot va mehnat boʻyicha statistik
toʻplamlarning, xalqaro mehnat tashkiloti vaqtli matbuotining, ilmiy
tadqiqotlarning va ixtisoslashtirilgan marketing tashkilotlarining
ma’lumotlari hisoblanadi. Bunga boʻsh ish joylari koʻrgazmasi va
savdosi, mehnat bozori va aholi bandligi boʻyicha ilmiy anjumanlardan
olingan axborotlar ham kiradi.
Agar ikkilamchi ma’lumotlar tadqiqotning maqsadiga erishish
uchun yetarli boʻlmasa, u holda birlamchi ma’lumotlarni toplash va
“dala marketingi” deb atatuvchi tadqiqotni oʻtkazish zarur. Bunda
quyidagi uslublardan foydalaniladi: sotsiologik soʻrovlar; yakka yoki
jamoaviy intervyu, ish beruvchilar (ishbilarmonlar) holatini kuzatish va
uni hisobga olish; ekspert baholash.
Ishchi kuchiga talab va taklif holatlari boʻyicha toʻplangan
axborotlar tahlili jarayonida kadrlar marketingi tadqiqotining quyidagi
miqdoriy baholash uslublari qoʻllaniladi:
1. Koʻpomillik uslubidan marketing yechimlarini asoslashda
foydalaniladi, buning asosida esa koʻpsonli oʻzaro bog‘langan oʻzga-
ruvchilar yotadi. Masalan, ishchi kuchiga talabni aniqlash taklifga
bog‘liqligi, ishchi kuchining bahosi va raqobatbardoshligi, mavjud va
yangi yaratiladigan ish joylarining soni, reklama miqyosi va unga
xarajatlar, kadrlar marketingining boshqa elementlari.