117
Toʻrtinchi bosqichda
bajariladigan tadqiqotlar yashirin,
mavsumiy,
tarkibiy, texnologik kabi ishsizlik turlarining miqdorlarini
va sabablarini aniqlashga qaratilgan boʻladi. Hosil qilingan axborotlar
ISHSIZ modellari tatbiqida qoʻllanadi.
Beshinchi bosqichda
ishsizlikni kamaytirish malakasini oshirish
boʻyicha har taraflama maqsadli tadbirlar ishlab chiqiladi. Ular BAND
modelining axborot bazasini toʻldiradi.
Oltinchi bosqichda
mahalliy va
xorijiy ish beruvchilarning
talablarini hisobga olgan holda yangi mutaxassislar miqdori va tarkibi
aniqlanadi. Ular MB-R modellari uchun «kirish» axboroti boʻlib xizmat
qiladi.
Yettinchi bosqichda
mulkchilikning yangi turlari vujudga kelishi
sharoitida yangi mutaxassislarni tayyorlash va ular malakasini
oshirishning majmuiy tavsiyanomalari ishlab chiqiladi.
Ular mehnat
bozori rivojlanishining imitatsion modellarini matematik izohlashda
qoʻllanadi.
Sakkizinchi bosqich
kadrlar marketingi tadqiqotida asosiy oʻrin
tutib, unda mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan
talab va taklif
oʻrtasidagi nomutanosiblikni yoʻqotish chora-tadbirlari belgilanadi.
Bunda mehnat bozori konyunkturasini oʻrganishning maqsadli
dasturlash uslubini qoʻllash ijobiy natijalar beradi.
Toʻqqizinchi bosqichda
imitatsion
va optimizatsion modellar
yordamida mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishining koʻp variantli
istiqbol koʻrsatkichlari aniqlanadi. Bundan tashqari,
bandlik xizmati
tashkilotlari marketing faoliyatining rivojiga doir eng maqbul yechimlar
varianti ham topiladi.
Dostları ilə paylaş: