Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   116
Sakkizinchi bosqichda
aniq sotsiologik tadqiqotlarning 
iqtisodiy asoslangan dasturi tuziladi. Ular prof. V. G. Grechixin 
ta’kidlaganidek, ikki qismdan (metodologiya va amaliyot) emas (1, 
102-bet.), balki toʻrtta boʻlimdan iborat boʻladi: metodologiya
metodika, amaliyot va moliya. 
Dasturning metodologik boʻlimida aniq sotsiologik tadqiqotlar-
ning maqsadlari, asosiy vazifalari, obyektlari va predmetlari 
aniqlanadi. 
Tanlangan 
obyektlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
va 
demografik rivojlanishi boʻyicha dastlabki kompleks tahlil 
oʻtkaziladi. 
Dasturning metodik boʻlimida og‘zaki va yozma soʻrovlar 
asosida 
aniq 
sotsiologik 
tadqiqotlar 
oʻtkazishning nazariy 
yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi. Anketalarning matnlari tuziladi va 
savollarning javoblari kodlashtiriladi. 
Sotsiologik soʻrovni oʻtkazish, ya’ni anketalarni toʻldirish 
qoidalari va ishtirokchilarning majburiyatlari dasturning amaliyot 
boʻlimida joylashgan boʻladi. Bu boʻlimda dastlabki sotsiologik 
axborotlarni toʻplash va kompyuterda qayta ishlash muddatlari 
belgilanadi. 
Dasturning moliya boʻlimida quyidagi asosiy koʻrsatkichlar 
mavjud: ish haqi; moddiy resurslarga xarajatlar; transport xarajatlari; 
nashr sarflari; kompyuterda qayta ishlash xarajatlari; boshqa sarflar. 
Ularsiz har qanday aniq sotsiologik tadqiqotni oʻtkazish mumkin 
emas. 
Aniq sotsiologik tadqiqot natijalaridan manfaatdor boʻlgan 
mehnat 
birjasi 
organlari, 
yuridik 
shaxslar 
va 
ayrim 
ishbilarmonlarning mablag‘lari hisobidan dastur bajarilishini 
sarmoyalar bilan ta’minlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 


126 
Aniq sotsiologik tadqiqotlarning 
toʻqqizinchi bosqichida
respondentlar soʻrovi uch fazada oʻtkaziladi: moslashish (koʻnikma 
hosil qilish); maqsadlarga erishish, bartaraf etish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin