Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116
Uchinchi bosqichda
ishchi kuchiga talab bilan taklif oʻrtasidagi 
nomutanosiblikning miqyosi va sabablari aniqlanadi. Bu jarayonda 
koʻproq balans, ekonometrika va sotsiologik tadqiqot uslublaridan 
foydalanish oʻrinlidir. 


117 
Toʻrtinchi bosqichda
bajariladigan tadqiqotlar yashirin, 
mavsumiy, tarkibiy, texnologik kabi ishsizlik turlarining miqdorlarini 
va sabablarini aniqlashga qaratilgan boʻladi. Hosil qilingan axborotlar 
ISHSIZ modellari tatbiqida qoʻllanadi. 
Beshinchi bosqichda
ishsizlikni kamaytirish malakasini oshirish 
boʻyicha har taraflama maqsadli tadbirlar ishlab chiqiladi. Ular BAND 
modelining axborot bazasini toʻldiradi. 
Oltinchi bosqichda
mahalliy va xorijiy ish beruvchilarning 
talablarini hisobga olgan holda yangi mutaxassislar miqdori va tarkibi 
aniqlanadi. Ular MB-R modellari uchun «kirish» axboroti boʻlib xizmat 
qiladi. 
Yettinchi bosqichda
mulkchilikning yangi turlari vujudga kelishi 
sharoitida yangi mutaxassislarni tayyorlash va ular malakasini 
oshirishning majmuiy tavsiyanomalari ishlab chiqiladi. Ular mehnat 
bozori rivojlanishining imitatsion modellarini matematik izohlashda 
qoʻllanadi. 
Sakkizinchi bosqich
kadrlar marketingi tadqiqotida asosiy oʻrin 
tutib, unda mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklif 
oʻrtasidagi nomutanosiblikni yoʻqotish chora-tadbirlari belgilanadi. 
Bunda mehnat bozori konyunkturasini oʻrganishning maqsadli 
dasturlash uslubini qoʻllash ijobiy natijalar beradi. 
Toʻqqizinchi bosqichda
imitatsion va optimizatsion modellar 
yordamida mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishining koʻp variantli 
istiqbol koʻrsatkichlari aniqlanadi. Bundan tashqari, bandlik xizmati 
tashkilotlari marketing faoliyatining rivojiga doir eng maqbul yechimlar 
varianti ham topiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin