118
O‘n birinchi bosqichda
esa aholi bandligi xizmati organlari kadrlar
marketingi faoliyatining strategik rejalari tuziladi.
Bunda barcha
bosqichlardagi axborotlardan foydalaniladi.
Kadrlar marketingi tadqiqotining bosqichlari statistik hisobotlarda
yuqori ishonchga ega boʻlmagan ishchi kuchiga talab
va taklif haqidagi
axborotlarni toʻplash va tahlil qilish imkoniyatini beradi hamda ular
mehnat bozorining ekonometrik modellari
kompleksi tatbiqida
ma’lumotlar bazasi boʻlib xizmat qiladi.
Qisqacha xulosalar
Mehnat bozoriga kadrlar marketingini qoʻllash – statistik axborotlar
yetarli boʻlmagan holda, ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklif oʻrtasidagi
eng maqbul nisbatlarni vujudga keltirish asoslarini ishlab chiqish imkonini
beradi.
Kadrlar marketingi tadqiqoti oʻtkazishning bir-biri bilan uzviy
bog‘langan asosiy bosqichlarini tatbiq etish
natijasida mehnat bozori
boʻyicha ishonchli axborotlar hosil qilinadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Mehnat bozoriga kadrlar marketingi tadqiqotini qoʻllash qanday
ahamiyatga ega?
2. Mazkur tadqiqotning maqsadi nimadan iborat?
3. Kadrlar marketingi tadqiqoti
qanday bosqichlarda amalga
oshiriladi?
4. Kadrlar marketingi axborotlari mehnat bozorining ekonometrik
usullari kompleksini tatbiq etishda qanday tartibda qoʻllaniladi?
Dostları ilə paylaş: