Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Mehnat bozorining xorijiy modellari tahlili



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116
Mehnat bozorining xorijiy modellari tahlili
mehnat bozori 
shakllanishini miqdoriy baholashga boshqacha yondashishni taqozo 
etadi. Bu yerda bosh masala, mehnat resurslarini taqsimlash va qayta 
taqsimlash imkoniyatlaridan hamda ular taklifining yangi manbalarini 
rejalashtirishdan voz kechish emas, balki mehnat bozorining shakl-
lanishiga keyingi yillarda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatni, krizis 
jarayonini, yaqin kelajakda yuz beradigan aholini ish bilan ta’minlash 
tuzilishini va boshqarish uslublari ta’sirini oʻrganishdan iborat. 
Bizga ma’lumki, xorijiy iqtisodchilarning tadqiqotlarida ish haqi 
mehnat bozorini tartibga soluvchi muhim vositasi sifatida ta’kidlangan. 
Mehnat bozori shakllanishida esa, ish haqi ishchi kuchi talabi va 
takliflarini “tenglashtiruvchi”omil boʻla olmaydi. Shu bilan birga 
keyingiyillarda mehnat daromadlarining pasayishi, nodavlat korxonala-
rining paydo boʻlishi hamda talab va taklif oʻrtasidagi nomu-
nosiblikning kuchayishi ish haqining mehnat bozorida tartibga soluvchi 
sifatidagi ta’sirini kuchaytirdi. Bu esa mehnat bozori shakllanishining 
EMKda ish haqini tartibga solish mexanizmlarining asosiy elementi 
sifatida hisobga olinishi maqsadga muvofiqligini taqozo etadi. 
Boshqa tomondan esa, real mehnat haqining kamayishini 
iqtisodiyotda taqchillik darajasi tezda oshishiga olib kelmoqda. Bu esa, 
EMKni tuzishdan nobarqarorlik uslubi qoʻllanishini taqozo qilib 
qoʻyadi. Bunda quyidagi shartlar hisobgaolinishi darkor: mehnat 


109 
bozoridagi muvozanatsizlikni aniqlashda ishchi kuchi talabi va taklifi 
oʻrtasida minimal farqni ta’minlash mezonining asos boʻlishi; mehnat 
haqini tartibga solishning samarali mexanizmlari mavjud emasligi. 
Odatda, makromodellar tuzilishida xalq xoʻjaligi ishlab chiqarish 
va noishlab chiqarish jabhalariga boʻlinadi. Ana shunday yondashish [1] 
tadqiqot modellarida mavjud. Yoki modellashtirish masalasining 
qoʻyilishi mazmunidan kelib chiqqan holda xalq xoʻjaligini tarmoqlarga 
boʻlish mumkin. 
Lekin, mehnat bozori shakllanishi masalasini yechishda 
iqtisodiyotni tarmoqlarga boʻlish yetarli emas. Holbuki, mehnnat 
bozorini modellashtirishda itisodiyotni mehnatga layoqatli aholining ish 
bilan bandlik sektorlariga boʻlib, tadqiqot olib borish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
Tahlil va prognozda koʻzda tutilgan rejalar boʻyicha amaliy 
masalalarning xarakteriga qarab, modellarning bloklari aniqlashtiriladi
va oʻzgartiriladi. Dastlabki modellar bloklardan iborat boʻlib, ularda har 
bir sektorning ishchi kuchiga talab va taklif tuzilmasi ifodalangan 
boʻladi hamda mehnatgalayoqatli aholining yoshi, soni, jinsi, malakasi 
va ma’lumotiga ekzogen oʻzgaruvchilar sifatida qaraladi. Shuningdek, 
aholining tabiiy va mexanik harakatlari ham DEMOSOC modellar 
blokini tatbiq etish tufayli aniqlanadi. DEMOSOC, IQTISOD va TAB 
M modellari bloklarining natijalari ekzogen oʻzgaruvchilar sifatida 
mehnat bozori shakllanishining boshqa modellarini tatbiq etishda 
ishtirok etadilar. Ushbuni qayd etish lozimki, eksperimental 
hisoblashlar natijasida mehnat bozori shakllanishida EMKning tuzilishi 
oʻzgarib turadi. 
Shuning uchun modellar blokining funksional tuzilishida ekspert-
foydalanuvchi muhim oʻrin tutadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin