Identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni
taqdim etmagan yuridik
yoki jismoniy shaxslarga pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar mazkur operatsiyalarni bajarishni rad
etadi, yuridik yoxud jismoniy shaxs hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga
kiritish operatsiyalari bundan mustasno.
17-modda. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq chet el
valyutasidagi operatsiya
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya chet el
valyutasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, uning
milliy valyutadagi miqdori
qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(17-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
IV. JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI
LEGALLAShTIRIShGA, TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA VA
OMMAVIY QIRG‘IN QUROLINI TARQATIShNI MOLIYALAShTIRIShGA
QARShI KURAShISh BILAN BOG‘LIQ AXBOROT
(IV bobning nomi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O„RQ-516-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
18-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni taqdim etish
(18-moddaning nomi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O„RQ-516-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y.,
03/19/516/2484-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi
kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish,
shuningdek pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni
amalga oshiruvchi tashkilotlarni terrorchilik faoliyatida
yoxud boshqa jinoiy
faoliyatda ishtirok etayotgan yoki ushbu faoliyatda ishtirok etishda gumon
qilinayotgan yuridik yoxud jismoniy shaxslar haqida xabardor qilish tartibi
qonunchilik bilan belgilanadi.
(18-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-
683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari yoki boshqa
mol-mulk bilan
bog‘liq operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni yoxud boshqa ma’lumotlarni maxsus
vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda taqdim etish tijorat,
bank siri yoki
qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni buzish hisoblanmaydi.
(18-modda O„zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi O„RQ-212-sonli
Qonuniga
asosan ikkinchi qism bilan to„ldirilgan — O„R QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
Dostları ilə paylaş: