Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg


-modda. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix13.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#174553
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
660-II 26.08.2004

16-modda. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq 
operatsiyalarni bajarishni rad etish 


Identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etmagan yuridik 
yoki jismoniy shaxslarga pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq 
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar mazkur operatsiyalarni bajarishni rad 
etadi, yuridik yoxud jismoniy shaxs hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga 
kiritish operatsiyalari bundan mustasno. 
17-modda. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq chet el 
valyutasidagi operatsiya 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya chet el 
valyutasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, uning milliy valyutadagi miqdori 
qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi. 
(17-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
IV. JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI 
LEGALLAShTIRIShGA, TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA VA 
OMMAVIY QIRG‘IN QUROLINI TARQATIShNI MOLIYALAShTIRIShGA 
QARShI KURAShISh BILAN BOG‘LIQ AXBOROT 
(IV bobning nomi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O„RQ-516-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-
son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
18-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni taqdim etish 
(18-moddaning nomi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O„RQ-516-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 
03/19/516/2484-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish, 
shuningdek pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni 
amalga oshiruvchi tashkilotlarni terrorchilik faoliyatida yoxud boshqa jinoiy 
faoliyatda ishtirok etayotgan yoki ushbu faoliyatda ishtirok etishda gumon 
qilinayotgan yuridik yoxud jismoniy shaxslar haqida xabardor qilish tartibi 
qonunchilik bilan belgilanadi.
(18-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan 
bog‘liq operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni yoxud boshqa ma’lumotlarni maxsus 


vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda taqdim etish tijorat, bank siri yoki 
qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni buzish hisoblanmaydi.
(18-modda O„zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi O„RQ-212-sonli 
Qonuniga
 
asosan ikkinchi qism bilan to„ldirilgan — O„R QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda) 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin