Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg


-modda. Maxsus vakolatli davlat organi qarorlarining majburiyligi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix13.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#174553
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
660-II 26.08.2004

10-modda. Maxsus vakolatli davlat organi qarorlarining majburiyligi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Maxsus vakolatli davlat organining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini 
tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga doir qarorlari vazirliklar, 
davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar
muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi 
majburiydir. 
(10-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O„RQ-516-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 
03/19/516/2484-son) 
III. PUL MABLAG‘LARI YOKI BOShQA MOL-MULK BILAN BOG‘LIQ 
OPERATSIYALAR VA ULARNI AMALGA OShIRUVChI TAShKILOTLAR
11-modda. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq 
operatsiyalar


Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkka 
nisbatan o‘z mulkiy huquqlari va majburiyatlarini belgilashga, o‘zgartirish yoxud 
tugatishga qaratilgan harakatlari pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq 
operatsiyalardir. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
12-modda. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq 
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga 
oshiruvchi tashkilotlar quyidagilardir:
Oldingi
 tahrirga qarang. 
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
(12-moddaning ikkinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi 
O„RQ-345-sonli 
Qonuni 
tahririda — O„R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda) 
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari;
birja a’zolari;
sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari;
lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar;
pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
lombardlar;
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazuvchi 
tashkilotlar;
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalarni 
amalga oshiruvchi shaxslar;
ko‘chmas mol-mulkning oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalarda xizmatlar 
ko‘rsatuvchi va ishtirok etuvchi shaxslar;
mijozlar nomidan bitimlar tayyorlash va ularni amalga oshirishda notarial 
idoralar (notariuslar), advokatlik tuzilmalari (advokatlar) hamda auditorlik 
tashkilotlari; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar. 
(12-modda O„zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O„RQ-640-sonli 
Qonuniga 
asosan o„n uchinchi xatboshi bilan to„ldirilgan — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 
05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son) 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin