Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg


-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix13.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#174553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
660-II 26.08.2004

2-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik 
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan 
iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston 
Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, 


terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan 
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar
— jinoyat sodir etish natijasida 
olingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk, shuningdek bunday mol-mulkdan 
foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf, xuddi shuningdek to‘liq yoki 
qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud o‘zgartirilgan yoki qonuniy manbalar 
hisobidan olingan mol-mulkka qo‘shilgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish
— pul mablag‘lari 
yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, ularni o‘tkazish, 
mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy 
tus berishdan, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘larining yoki boshqa mol-
mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, 
pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki 
ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo‘lgan, jinoiy 
jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish; 
(3-moddaning uchinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi 
O„RQ-516-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 
03/19/516/2484-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O„zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 
243-moddasi


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin