“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 28 ~
YANGI OʻZBEK SHEʼRIYATIDA KUZ OBRAZI
Madraximova Inobat Baxodirovna
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti
Boshlangʻich taʼlim fakulteti o’qituvchisi
Ochilova Durdona Baxtiyor qizi
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti
Boshlangʻich taʼlim fakulteti
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi talabasi
Annotasiya:
Ushbu maqolada yangi oʻzbek she’riyatida
kuz obrazining talqin
qilinishi, kuz obrazi haqidagi qarashlari, kuz faslidagi holatlarni oʻz xayollarida
jonlantirib ifoda qilishi va kitobxonga qay tarzda yetkazib bera olganligi, kuz faslida
insonning ichki dunyosida boʻladigan kechinmalar toʻgʻrisida gap boradi.
Kalit soʻzlar:
kuz fasli, kuz obrazi, shoirlar, his-tuygʻu, ayriliq
Annotation:
This article talks about the interpretation of the image of autumn in
new Uzbek poetry, his views on the image of autumn, how he was able to relive the
situations of the autumn season in his imagination and convey them to the reader, and
the experiences that occur in the inner world of a person during the autumn season.
Key words:
autumn season, autumn image, poets, feeling, separation
Hammamizga maʼlumki, adabiyotni sheʼriyatsiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
She’riyat janrida ijod qilgan shoir va shoiralar sheʼrlarini asosan his-tuygʻularini va
kechinmalarini hayajonli bir tarzda qolipga solib ifoda qilishadi. Shoirning ichki his-
tuygʻularidan yaralgan bunday she’rlar kitobxonning e’tiborini tortmasdan qolmaydi.
Shuning uchun ham bu janr adabiyotimizning bir boʻlagi hisoblanadi.
Shunday tuygʻularga berilgan holda oʻzbek sheʼriyatida
kuz obraziga turli
qarashlar bilan she’rlar bitgan Usmon Azim, Shavkat Rahmon, Abdulla Oripov, Rauf
Parfi, Xurshid Davron singari taniqli shoirlarni misol qilsak boʻladi.
Jumladan Usmon Azimning "Kuz bogʻi" she’riga toʻxtalib o’tsak:
Bilaman, bu kuzdan boʻlmaydi oʻtib,
Uning qaygʻulari - tentaklik qadar
Uning harakatlari - yuksaklik qadar
Qalbingga men qanday boraman yetib,
Axir, oʻrtamizda bir fasl qadar
Kim yozda qoldi-yu kim qishda qoldi
Gapirma.Oʻzgarmas qismat tartibi
Haq shu kim oʻrtada toʻqson kun yondi,
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 29 ~
Azonda oʻrtandi uch oy tarkibi
Koʻrinib turibdiki, shoir she’rida kuz faslini ayriliq fasli deb atagan. Ya’ni uning
qaygʻulari shu qadar koʻpki, tentak boʻlishgacha yetadi.Shu bilan birgalikda uning
harakatlari ham yuksaklik choʻqqisigacha chiqadi.Yorning qalbiga yetib borishni esa
bir faslga tenglashtiradi.Shoir keyingi misralarda kim yozning issigʻida-yu,
kimdir
qishning qahratonida qolgan boʻlsa ham baribir uning qismatiga nima bitilgan boʻlsa
oʻsha boʻlishini nazarda tutgan.Soʻngra shoir yozning toʻqson kunida yonib, kuzning
xazonida uch oy oʻrtanganini iztirob bilan qog’ozga tushirgan. Sezilib turibdiki,
Usmon Azim "Kuz bogʻi" she’rida alam, gʻam-qaygʻu, hasrat, ayriliq bilan toʻla
hayotni ifoda qilgan.
Shunga o’xshash mavzuda XX asr oʻzbek adabiyoti va sheʼriyatining
taniqli
vakillaridan boʻlgan Abdulla Oripov ham "Kuz manzaralari" she’rini quydagicha
talqin qilgan:
Yana dalalarga boshlaydi havas
Bogʻlarda xazonlar yonadi lov-lov
Doʻstlarim, bu kuzning barglari emas
Mening yuragimdan toʻkilgan olov
Shoxlarda me’zonlar yaltirar xira
Poyida shivirlar mening kuylarim
Doʻstlarim, bular ham me’zonmas sira
Bu mening chuvalgan soʻngsiz oʻylarim
Quyosh ham falakda bamisli roʻyo
U endi yondiraman, yaltirar faqat
Doʻstlarim, u ham endi quyoshmas aslo
U olis yoshlikda qolgan muhabbat
Abdulla Oripov bu she’rida asosan qiyoslash san’atini mohirona qoʻllashni
ya’nikim, yozning jaziramasida qovurilgan barglar kuzda kelib olovrang tusga kiradi.
Shu sabab bogʻlardagi barglarni lov-lov yonayotgan xazonlarga oʻxshatadi. Ammo
shoir bu kuzning barglari emas, mening yuragimdan toʻkilayotgan hasrat, gʻam-anduz
olovi deya ta’kidlaydi. Keyingi misralarda esa me’zon soʻzini oʻz ma’nosida emas
balki koʻchma maʼnoda ya’ni oʻrgimchak uyasini nazarda tutgan.Kuz quyoshi nurida
me’zonlar xira yaltiraydi. Lekin bu yerda ham shoir me’zonni ya’ni oʻrgimchak uyasini
oʻzining chuvalashgan oxiri yoʻq oʻylariga taqqoslaydi.
Hammamizga maʼlumki, yozda yondirib nur sochgan quyosh kuz fasliga oʻtib,
uning shashti pasayadi. Quyoshning shunday yaltirab
sim-sim nur sochishini
yoshligida qolgan olis muhabbatiga qiyoslaydi.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 30 ~
Yuqoridagi she’rlarda ikkala shoir ham asosan kuzda boʻladigan holatlarni
insonlardagi hasrat, ayriliq va ichki dunyosida boʻladigan kechinmalarni keng ma’noda
ifodalangan.
Dostları ilə paylaş: