“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 26 ~
- “Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida
qo’llanilishi mumkin. Hunarga o’rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”, “Writer”,
“Poet” kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o’quvchilar bilan suhbatlashishlari
mumkin.
-“Allomalar yig’ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi
shoirlar va yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday
paytda ular aytib ketgan
hikmatli so’zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo’lib tarbiyalanishiga
yordam beradi;
− “Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, chet
tillarini o’rgatishda, talaba, o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishda yordam
beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim;
− Kviz kartochkalari (quiz cards) o’quvchilarning
soniga qarab kartochkalar
tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa
vaqtni tejaydi.[2]
Ko’rib chiqqnimizdek, har bir innovatsion texnologiya o’ziga
xos afzallik
jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi
hamkorlik, o’quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi.[3]
Dostları ilə paylaş: