Ilm-fan va ta’lim


Ishchanova Fazilat Shamuratovna



Yüklə 6,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/96
tarix13.12.2023
ölçüsü6,39 Kb.
#174571
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)

Ishchanova Fazilat Shamuratovna 
Xorazm viloyati urganch shahar 13-son maktabi psixologi 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarni 
kasb-hunarga yo’naltirishning pedagogik asoslari yoritib berilgan. Shuningdek 
maqolada o’quvchilarni kasbga to’g’ri yo’naltirishdagi mavjud muammolar, 
amaliyotdagi kamchiliklar ularni bartaraf etish yo’llari haqida qisqacha fikr yuritilgan. 
Kalit so’zlar
: Umumiy o’rta ta’lim, kasb-hunar, ijtimoiylashtirish, o’z-o’zini 
baholash, texnologik ta’lim, uzluksiz tizim. 
 
KIRISH 
Kasb-hunarga yo’naltirishdan maqsad o’sib kelayotgan yosh avlodni ongli 
ravishda kasb tanlashga tayyorlashdir. Ularni kasb hunarga yo’naltirish orqali, 
bo’lajak kasbiy qarorlarni shakillantirish, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun 
kasb-hunarga yo’naltirish ishlariga mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim 
sifatida qarash lozim. Bu tizim orqali har bir o’quvchi shaxsini kasbga yo’naltirishda 
individual xususiyatlarni ham xalq manfaatlari nuqtai nazardan mehnat reurslarini 
to’laqonli ta’minlash zaruratini hisobga olish kerak. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
O’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini samarali tashkil etishda, 
ushbu jarayonni ta’lim muassasalarida amalga oshiruvchi o’qituvchilar, pedogog 
hodimlar hamda aholi o’rtasida (mahalla, ota-onalar) profilaktika ishlarini olib borish 
maqsadida hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bularning zamirida o’quvchi 
yoshlarni kasbiy qobilyati va layoqatini aniqlash asosida ularni kasbiy qarorlarini 
shakillantirishga qaratilgan yaxlit faoliyat jarayonida ta’limning keyingi turi va 
bosqichiga to’g’ri yo’naltirish yotadi. O’quvchilarni kasbiy qarorlarini shakillantirish-
bu o’quvchi-yoshlarga o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amalyotga malakali 
mutaxassislar ko’magida kasbga bo’lgan layoqatiga ishonch hosil qilish, kasbiy 
vazifalarni qo’llay olish tajribasini hosil qilish, kasbiy madaniyat sifatlari (kasbiy 
idrok, kasbiy bilimdonlik, kasbiy tafakkur, kasbiy salohiyat va hakozalar)ni 
tarbiyalashga yo’naltirilgan izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil 
etiladigan pedagogik faoliyat jarayonidir. Chunki, o’quvchilarni kasb hunarga to’g’ri 
yo’nalganligini tashkil etish murakkab, uzoq muddatli dialektik jarayon bo’lib, uning 
metodik 
jihatdan 
to’g’ri 
tashkil 
etilishi 
ko’zlangan 
maqsadga 
erishish 
muvaffaqqiyatini kafolatlaydi. 

Yüklə 6,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin