“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 52 ~
soʻzlayotganida qolgan oʻquvchilar oʻzlari soʻz oʻylayotgan boʻlishadi. Oʻyinni
oʻynash uchun koptokcha kerak boʻladi va hamma oʻquvchilar
doira shaklida turib
olishi kerak. Oʻqituvchi birorta mavzu tanlaydi.Masalan,
Things found in a
classroom(sinf xonada topiladigan narsalar).Biror oʻquvchiga koptok uloqtiriladi va u
tanlagan mavzuga doir biror soʻz aytadi.Keyin boshqa oʻquvchiga toʻpni uloqtiradi va
u yana mavzuga doir soʻz aytadi, agar aytilgan soʻzni qaytarsa yoki toʻp qoʻlida koʻp
qolib ketsa, oʻyindan chiqariladi.Shu tariqa oʻyin davom etadi. Bu oʻyin oʻquvchilarni
tezkorlikka chorlaydi va tasavvurinj boyitishga yordam beradi.
• "RAKETA "
o’yini.Doskaga raketa rasmi chiziladi
yoki uchta raketa yasab
inglizcha soʻzlar yozilgan kartochkalar ilinadi. Raketa oʻzga sayyoraga uchish uchun
yuklardan holi boʻlishi kerak. Oʻquvchilar uch guruhga boʻlinadi
va qaysi guruh
aʼzolari soʻzlarni tarjimasini toʻgʻri aytsa raketa kartochkalardan xalos boʻladi.Va
qaysi guruhni raketasida soʻzlar tugab birinchi uchsa oʻsha guruh gʻolib boʻladi.
• "Charades"
oʻyini soʻz ifodalash uchun soʻzsiz harakatlardan foydalaniladi.Bu
oʻyin oʻquvchilar sust, zerikkan va uyqusi kelgan vaqtlarda juda qoʻl keladi.Buning
uchun qogʻozchalarga soʻzlar (aynan fe’llar) yoziladi.chunki fe’llarni koʻrsatish oson
boʻladi.Sinf ikki jamoaga boʻlinadi va har bir guruhdan oʻquvchilar chiqib qogʻoz
tanlaydi.Ular qogʻozga yozilgan soʻzni harakat va imo-ishoralar bilan koʻrsatib beradi
va jamoadagilar soʻzni topadi.Qaysi guruh oʻquvchilari koʻp soʻz topib, ball toʻplasa
gʻolib boʻladi.
Dostları ilə paylaş: