77
ommaviy qirilishiga olib keluvchi tabiiy yoki antropogen xarakterdagi tabiat anomaliyasi.
Tabiiy xarakterdagi tabiiy anomaliyaga uzoq vaqt davom etgan qurg‗oqchilik,
jonivorlarning ommaviy qirilishi va b.lar, antropogenga esa atom
elektr stansiyalaridagi
avariya, tanker halokati kabilar kirishi mumkin. Yuqorida keltirib o‗tilganidek, Orol
muammosi ham ekologik halokatning bir turidir.
EKOLOGIK HARAKAT
—
bu
harakatning maqsadi –
inson faoliyati va atrof-
muhitning uyg‗un munosabatlarini izlab topishdan iboratdir. Dunyoda birinchi ekologik
partiya 1973-yilda Buyuk Britaniyada tuzilgan edi. Hozirgi vaqtda «yashil» deputatlar
G‗arb mamlakatlarning ko‗plab parlamentlarida ish olib bormoqdalar. Ko‗plab
xalqaro
ekologik tashkilotlar qaror topdi. Xususan «Grinpis» (17 mamlakatdan 2.5 mln. kishini
birlashtiradi), «Yer do‗tlari» (34 mamlakatdan guruhlar ishtirok etadi), «AYFA»
(o‗rmonlarni muxofaza qilish yoshlar federatsiyasi), «Tabiatning yosh do‗tlari» (G‗arbiy
Yevropa mamlakatlarida mingdan ortiq markazlari bor) atrof - muhitni muhofaza qilish
bo‗yicha hayrli va savobli ishlarni olib bormoqda. O‗zbekistonda Ekologik harakat 2008-
yil 2 avgustda tashkil etildi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
deputatlarining 15 nafari O‗zbekiston Ekologik harakatidan saylanadigan a‘zolaridan
iborat bo‗lishi belgilab qo‗yildi. Bu yo‗nalishda
bir qator qonunlar, dasturlar qabul
qilinmoqda.
Dostları ilə paylaş: