Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   462
LUG\'AT

EKOLOGIK INQIROZ
— atrof-muhitning tabiiy resurslar (suv, havo, tuproq, 
o‗simliklar va hayvonot dunyosi)dan vahshiylarcha foydalanish va atrof muhitning 
ifloslanishi natijasida yuzaga kelgan, insoniyatning mavjudliliga xavf soluvchi mushkul 
ahvol. 
EKOLOGIK SIYOSIY MAFKURALAR
— urushdan Keyingi yillarda vujudga 
kelgan va 70-80-yillarda keng rivoj topgan siyosiy mafkuralardan biri. Bu E.s.m.ning 
vujudga kelishiga rivojlangan mamlakatlardagi og‗ir ekologik vaziyat sabab bo‗ldi. 
E.s.m. inson yashaydigan atrof-muhitni himoya qilishni, kerakli qonunlar va qarorlarni 
qabul qilish uchun o‗zlarining hukumat va qonun chiqaruvchi organlariga ta'sir ko‗rsatish 
orqali ekologiyani yaxshilashni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi. Hozirgi vaqtda bu 
oqimlar ko‗plab mamlakatlarning parlamentlari va hukumatlarida o‗zlarning vakillariga 
ega. 
EKOLOGIK TAHDID
— inson faoliyati va tabiiy talofatlar natijasida ekotizim 
barqarorligi va ishonchliligini buzilishining bevosita imkoniyatidir. Bu esa o‗rab turgan 
tabiiy muhitni ortga qaytarib bo‗lmaydigan o‗zgarishlarga olib kelishi mumkin. 
EKOLOGIK TANGLIK 
— insonlar jamiyatining tabiatni o‗zgartirishdagi ulkan 
imkoniyatlarga ega bo‗lishi bilan ekosferadagi barqarorligini qayta ta‘minlash jarayonlar 
o‗rtasidagi ziddiyatning namoyon bo‗lishi. 
EKOLOGIK XAVF
— inson faoliyati, texnogen omillarning ta‘siri, tabiiy va 
antropogen avariyalar va kulfatlar, harbiy nizolar va b.lar natijasida tabiiy atrof-muhit 
uchun salbiy oqibatlarning yuzaga kelish imkoniyati. 
EKOLOGIK XAVFSIZLIK
— bu biosfera va tabiiy muhitning ekologik 
parametrlarini, atmosfera holatini, gidrosfera, litosfera, kosmosfera, hayvonot va o‗simlik 
dunyosining buzilishi tahdidlarini inson hayotidagi barcha faoliyatidan qayta tiklash 
imkoniyatlari bo‗lmagan tabiiy boyliklarni yo‗qolib borishi xavf-xatarlarini oldini olishga 
qaratilgan xavfsizlikning turidir. Ekologik xavfsizlikning o‗ziga xos xususiyati shundan 


78 
iboratki, bu xavfsizlik turi alohida davlatlarning harakatlari bilan amalga oshmaydi. Balki 
bu jarayon butun jahon hamjamiyati faolligini talab etadi. Ekologik xavfsizlik boshqa 
xavfsizlik turlaridan, jum., milliy xavfsizlikdan farqi uning butun bashariyatga tegishliligi 
bilan izohlanadi. Ekologik yaxlitlikka e‘tiborsiz bo‗lgan munosabat, oxir oqibatda 
biosfera uchun tuzatib bo‗lmaydigan vaziyatni keltirib chiqaradi. Buning natijasida esa 
har bir xalqning tinch, osoyishta rivojlanishi va siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqaror 
taraqqiyotiga jiddiy tahdid soladi. 
EKONOMOKRATIYA
(yun. 
ekonomike
– xo‗jalik boshqaruvi va 
kratus-
hokimiyat) — iqtisodiyot va iqtisodchilar ta‘sir kuchining yuqorililigi, ularning 
jamiyatdagi hukmronligi. 
EKOSIYOSAT 
— ekologik o‗zaro bog‗liqliklarni tartibga solish vositasi. U yalpi 
tusda bo‗lib siyosiy jarayonning boshqa tarkibiy qismlari va ijtimoiy hayotning turli 
sohalari bilan yaqindan bog‗liq. Siyosatda ekologiya muammolarning keng o‗rin olishi 
unda umuminsoniy qadriyatlarning birinchi o‗ringa chiqayotganligini ko‗rsatib turuvchi 
olmildir. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin