80
EKSTRADATSIYA
(lot.
ex traditio
) — bir davlatning boshqa (chet el) davlati o‗z
fuqarosini ixtiyoriga topshirishi; hozirgi davrda amaldagi konstitutsiyalar o‗z fuqarolarini
chet el davlatlari ixtiyoriga topshirishni so‗zsiz taqiqlab qo‗yishgan. Agarda davlatning
xalqaro shartnomalarida ko‗rsatilmagan bo‗lsa, fuqarolarni
boshqa davlatlar ixtiyoriga
topshirish mumkin emas. Xalqaro huquqning umum tan olingan tamoyillariga muvofiq,
agar boshqa davlat ixtiyoriga topshiriladigan fuqaro hayoti xavf ostida qolsa, ya‘ni o‗lim
jazosi va qiynash kabi jazo choralari nazarda tutilgan bo‗lsa, ekstaradatsiyaga yo‗l
qo‗yilmaydi.
EKSTRADITSIYA
(fr.
extradition
, dan, lot.
ex
– tashqaridan va
traditio
– uzatish)
— jinoyat sodir etgan shaxsni boshqa bir davlat tomonidan olib kelish uchun uni
berilishi. Mazkur jarayon o‗zaro ekstraditsiya bo‗yicha xalqaro shartnomalarga muvofiq
hal etiladi. Jinoyatchini berish shartlari va tartibi xalqaro shartnoma
va milliy qonunchilik
bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: