Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   462
LUG\'AT

EKSPORT RESURSLARI
— tashqi bozorga chiqarish uchun mo‗ljallangan 
mahsulot, xizmatlar, alohida ish turlari moliyaviy vositalar. 
EKSPROPRIATSIYA 
(lot. 
ex
–…dan va 
proprius
– shaxsiy) — davlat hokimiyati 
tomonidan majburiy ravishda (haqini to‗lab yoki to‗lamasdan) mulkdan mahrum qilish. 
1) davlatning mulkni yoki shaxsiy mulkni davlat tomonidan davlatning mulkini majburan 
yoki nomajburiy olib qo‗yishi. Majburiy yoki nomajburiyligiga qarab, u ikki turga 
bo‗linadi: konfiskatsiya va rekvizatsiya (hech qanday to‗lovsiz yoki to‗lash orqali) tortib 
olish. E.ning asosiy turlari natsionalizatsiya, rekvizitsiya, musodara hisoblanadi; 2) 
o‗zganing shaxsiy mulkini, qimmatbaho narsalarini qonunga xilof tarzda tortib olish, 
qo‗lga kiritish, o‗marish, talonchilik.
EKSSESS 
(lot. 
excessus
– chegaradan chiqish) — 1) jamoat tartibini buzuvchi 
keskin to‗qnashuv. 2) biror narsaning haddan tashqari namoyon bo‗lishi, o‗zini tuta 
bilmaslik. 
EKSTERRITORIAL HUQUQ
– chet el fuqarolari shaxsining va uy-joyi, mol-
mulki daxlsizligi hamda mahalliy davlat sudining ularni sud qila olmasligi. 
EKSTERRITORIALLIK
(lot.
ex
–…dan, 
territorialis
– hududda bo‗lgan) — chet 
el diplomatik vakolatxonalariga, uning hodimlariga ular kelgan mamlakatda beriladigan 
huquq va afzalliklar. E. shaxs va turar joyning daxlsizligini, mahalliy qonunlarga asosan 
sud qilinmasligini, o‗z hukumati bilan aloqa bog‗lash uchun bevosita aloqa vositalaridan 
va v.b. imtiyozlardan foydalanishni ko‗zda tutadi. E. chet ellik davlat, hukumat 
boshliqlariga, xalqaro tashkilotlarning vakillariga va b. tegishli davlatning ruxsati bilan 
chet el suvlarida yurgan transport vositalari va harbiy kemalariga ham yoyiladi.


80 
EKSTRADATSIYA
(lot. 
ex traditio
) — bir davlatning boshqa (chet el) davlati o‗z 
fuqarosini ixtiyoriga topshirishi; hozirgi davrda amaldagi konstitutsiyalar o‗z fuqarolarini 
chet el davlatlari ixtiyoriga topshirishni so‗zsiz taqiqlab qo‗yishgan. Agarda davlatning 
xalqaro shartnomalarida ko‗rsatilmagan bo‗lsa, fuqarolarni boshqa davlatlar ixtiyoriga 
topshirish mumkin emas. Xalqaro huquqning umum tan olingan tamoyillariga muvofiq, 
agar boshqa davlat ixtiyoriga topshiriladigan fuqaro hayoti xavf ostida qolsa, ya‘ni o‗lim 
jazosi va qiynash kabi jazo choralari nazarda tutilgan bo‗lsa, ekstaradatsiyaga yo‗l 
qo‗yilmaydi. 
EKSTRADITSIYA
(fr. 
extradition
, dan, lot. 
ex 
– tashqaridan va 
traditio
– uzatish) 
— jinoyat sodir etgan shaxsni boshqa bir davlat tomonidan olib kelish uchun uni 
berilishi. Mazkur jarayon o‗zaro ekstraditsiya bo‗yicha xalqaro shartnomalarga muvofiq 
hal etiladi. Jinoyatchini berish shartlari va tartibi xalqaro shartnoma va milliy qonunchilik 
bilan belgilanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin