EKZOGEN — tashqi sabab, turtki natijasida vujudga kelgan ta‘sirlar.
EL — 1) muayyan joyning odamlari, aholisi, xalqi; 2) bir qabilaga mansub odamlar,
qabila; 3) yurt, diyor, mamlakat.
ELAT — kishilarning til, hudud, iqgisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib
topgan millatdt oldingi birligi. E. qabila bilan millat orasidagi etnik birlikning
ko‗rinishidir. E.ning shakllanishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi
asos bo‗lgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma‘lum bir bosqichida qabilalar orasidagi
etnik, xo‗jalik, moddiy va madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida bir
qancha qabilalar birlashadilar. Natijada etnik birliknpng yangi turi vujudga keladi. Bu E.
deyilib, ma‘lum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida
shakllanadi.
ELCHI — 1) bir davlatning boshqa bir davlatdagi elchixonasiga rahbarlik qiluvchi
diplomatik vakil. Muxtor vakil hisoblanmish E. zimmasiga diplomatik aloqalar o‗rnatish,
davlatlar yoxud dushman tomonlar o‗rtasida tinchlik o‗rnatish, hamkorlikdagi
harakatlarga oid bitimlar tuzish, davlat boshlig‗i yoki hukmdor sulola a‘zolarining vafoti
munosabati bilan ta‘ziyalar bildirish, biron bir shodiyona bois muborakbodlar qilish kabi
mas‘uliyatlar yuklatilgan. E.ning o‗ldirilishi yoki hibs qilinishi aksariyat diplomatik
munosabatlarning keskinlashuviga, ba‘zan uzilishiga olib kelgan. 2) oliy diplomatiya
darajasi - favqulodda va muxtor elchi.
ELCHIXONA — 1) elchi yoki boshqa birinchi klass diplomatik vakil tomonidan
boshqariladigan diplomatik vakillik; 2) suveren davlatning boshqa suveren davlat
qoshidagi diplomatik vakolatxonasi. Shu vakolatxona joylashgan bino.
ELEKTORAL (lot
. elector – saylovchi) — saylanadigan, tanlanadigan.
ELEKTORAT (lot.
elector – saylovchi) — 1) saylovda ishtirok etish huquqiga ega
bo‗lgan shaxslarning soni. 2) Parlament, prezidentlik yoki mahalliy hokimiyat
organlariga saylovlarda biron bir siyosiy partiya yoki nomzodni qo‗llab-quvvatlovchi
saylovchilar guruhi.