ELITALARNI TANLASH, SARALASHNING ANTERPRENERLIK TIZIMI — gildiyalar tizimining aksi. Uni a) ochiqligi, yetakchi o‗rinlarni egallashda barcha
ijtimoiy guruh vakillarining keng imkoniyatlarga egaligi; b) rasmiy talablar, institutsional
filtrlarning kam miqdori; v) elitalarni saralovchi doirasining kengligi, hatto
mamlakatning barcha saylovchilari bo‗lishi mumkinligi; g) rahbarlik o‗rinlarini egallash
uchun kurashning o‗tkirligi saralashning raqobatliligi;
d) shaxsiy fazilatlar, faollikning,
keng tinglovchilar hayrihoxligiga erisha olishning birinchi darajali ahamiyatga ega
ekanligi. Bu tizim demokratik davlatlar uchun xos.
ELITARIZM — u yoki bu irqiy, etnik guruhning, xalqning dunyoda boshqalar
ustidan afzalligi, uning o‗ziga xos tarixiy vazifalarini ko‗rsatib beruvchi g‗oya. U
fashizmning siyosiy mafkura sifatidagi nazariy negizini tashkil etadi.
ELITOKRATIYA (fr.
elite – saralangan) — elita hokimiyati. Bu turga mansublar
jamiyatning eng yaxshi, boy, o‗qimishli qatlamlari hisoblanadi. Hukmron elitalar siyosiy,
iqtisodiy, harbiy va kabi turlarga ajratiladi.
ELITOLOGIYA — elitalar haqidagi fan.
EMANSIPATSIYA (lot.
emancipatio ) — 1) jabr zulm, qaramlik, tutqunlik, turli
bid‘atlardan qutilish (mas., xotin-qizlar E.si); 2) voyaga yetmagan kishini muomalaga
layoqatli deb e‘lon qilish. O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqida E. qoidalari
Fuqarolik kodeksiga birinchi marta kiritildi. Voyaga yetmagan shaxsni to‗la muomalaga
layoqatli deb e‘lon qilish ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning
roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud bunday rozilik
bo‗lmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi. Ota-ona, farzandlikka
oluvchilar va homiy, E. qilingan voyaga yetmagan shaxsning majburiyatlari bo‗yicha,
xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‗yicha javobgar
bo‗lmaydilar. 3) mustaqillikni va teng huquqlikni qo‗lga kiritish.