EKOSIYOSIY MAFKURA —
siyosiy mafkura turlaridan biri. Urushdan Keyingi
yillarda vujudga keldi va o‗tgan a.ning 70-80 – yillarda keng rivoj topdi. Bunda
rivojlangan mamlakatlardagi og‗ir ekologik vaziyat sabab bo‗ldi. E.m.lar inson
yashaydigan atrof- muhitni himoya qilishni, kerakli qonunlar va qarorlarni qabul qilish
uchun o‗zlarining hukumat va qonun chiqaruvchi organlariga ta‘sir ko‗rsatish orqali
ekologiyani yaxshilashni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi. Hozirgi vaqtda bu oqimlar
ko‗plab mamlakatlarning parlamentlari va hukumatlarida o‗zlarning vakillariga ega.
EKSPANSIONIZM — xorijiy hududlarni va bozorlarni qo‗lga kiritishdagi
agressiv siyosat. Boshlang‗ich imkoniyatlar uchun iloji boricha harakatlarni
kengaytirishga qaratilgan bosqinchilik siyosati.
EKSPANSIYA (lot.
expansion – kengaytirish, yoyish, tarqatish) — yangi
hududlarni, boshqa mamlakatlardagi bozorlarni egallash, ta‘sir doirasini kengaytirish
yo‗lidagi davlat siyosati. E.ning hududiy, iqtisodiy, siyosiy ko‗rinishlari bo‗ladi. U
diplomatik, iqtisodiy va xarbiy vositalar yordamida boshqa davlatlarga o‗z ta‘siri
doirasini kengaytirishni anglatadi. E. kuchli davlatlarning diplomatik iqtisodiy va harbiy
usullar bilan o‗z ta‘siri doirasini boshqa mamlakatlarga yoyishga qaratilgan siyosati. 1)
iqtisodiy usullar (mas. kapitalni olib chiqib ketish) singari noiqtisodiy usullar (yangi
territoriyalarni qurol ishlatish yo‗li bilan qo‗lga kiritish, siyosiy, diplomatik, diniy va
bosimning boshqa turlari) bilan ham amalga oshiriladigan turli birlashmalar, guruhlar,
davlatlar hukmronligining, ta‘sir doirasining kengayishi, tarqalishi; 2) nimaningdir
dastlabki chegarasidan chiqib ketishi, kengayishi, tarqalishi.
EKSPERT (lot. tajribali) — muayyan masala yuzasidan eksperiza o‗tkazish uchun
taklif qilingan mutaxassis.