Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   462
LUG\'AT

E‟TIQOD ERKINLIGI 
— insonning shaxsiy huquq va erkinliklari ichida 
markaziy o‗rinda bo‗lib, insonni ma‘naviy olamini, qarashlarini belgilovchi
shakllantiruvchi omil.
EDIKT
– qirolning alohida muhim farmoni. 
EGALITARIZM 
(fr. 
egalite
– tenglik) — faoliyat almashunivining o‗ziga xos turi. 
U tenglashtirishga tashabbusni ishbilarmonlikni yoqotishga, ishchilarni sarf qilingan 
mehnat sifati va miqdoridan qat‘iy nazar mukofotlayverishga asoslanadi.
EGIDA
(yun. 
aegis
– qalqon) — 1) qadimgi yunon mifologiyasida Zevs ilohining 
qalqoni, uning qaxri va homiyligining ramzi. 2) Ko‗chma manoda himoya va homiylik 
ma‘nolarini bildiradi. ―E. himoyasida bo‗lish‖ – biror kishining va biror narsaning 
himoyasida, homiyligida bo‗lish. 
EGOIZM 
(lot. men) — o‗z foydasi, manfaatini ko‗zlovchi xattiharakat, o‗z 
manfaatini boshqa kishilar manfaatidan ustun qo‗yish. E.ning aksi - altruizm.
EKKLESIYA 
(yun.) — Yunonistonda xalq majlisining eng ko‗p tarqalgan nomi. 
Demokratik polislarda E. – qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatiga ega bo‗lgan 
davlatning oliy organi; mansabdorlarni saylab ularni doimo nazorat ostiga olgan E. 
tarkibi mulkiy senz belgilari orqali fuqarolar orasidan tanlab olingan. Bir qator yunon 
polislarida xalq majlislari maxsus nomlar bilan atalgan: Spartada – apella, Delfa va 
Fessaliya shahrilarida – agora, Argos, Epidavr, Gel, Akragantda – aliya. So‗nggi davr 
antik yozuvchilari asarlarida xalq majlislari o‗tkaziladigan joy ham E. deb atalgan. 
Xristianlikda E. deb dindorlar jamoasi, ba‘zan butun cherkov tushunilgan. 
EKLEKTIV
(yun
. eklektikos
– tanlovchi) — turli-tuman, ba‘zan qarama-qarshi 
prinsiplar, qarashlar, nazariyalar va odatlarni mexanik tarzda qo‗shish. 
EKLEKTIZM
(yun. 
eklektikos
– tanlovchi) — uzviy bir butunlikni inkor etuvchi, 
aralash-quralash, turli-tuman tushuncha, g‗oyalar, qarashlar, nazariyalarning ulardagi 
―chegaradan chiqib ketishlarni‖ bartaraf qilish niqobi ostida tamoyillarsiz birlashishi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin