DIREKTORIYA (lot.
directorium – boshqarma, rahbarlik) — Fransiya
respublikasining 1795-1799-yillardagi hukumati. 5 a‘zo (direktor)dan tashkil topgan. D.
hukumati yirik burjuaziya manfaatini himoya qilgan. 1799-yil 9 noyabrda Napoleon
Bonapart davlat to‗ntarishi yasab, D.ni ag‗darib, harbiy burjua diktaturasini o‗rnatgan.
DISKREDITATSIYA (fr.
diskrediter – ishonchni yo‗qotish, obro‗ni tushirish) —
biror kishiga nisbatan ishonchni yo‗qotish, qadr-qimmatni, nufuzni, obro‗ni tushirish.
DISKRIMINATSIYA (lot.
diskriminatio – farqlash) — davlat, yuridik yoki
jismoniy shaxs huquqlarining (boshqa davlat, yuridik yoki jismoniy shaxs huquqlariga
nisbatan) cheklanishi. Demokratik davlatlarning ichki qonunlarida hamda xalqaro
huquqda D.ning barcha shakllari, jum., fuqarolar huquqlarini millati, irqi, jinsi, dini
sababli amalda yoki yuridik jihatdan kamsitishga yo‗l qo‗yish taqiqlanadi.
DISKRIPTIV (ing
. descriptive –
tavsif) — tasviriy, ko‗rgazmali, ko‗rsatmali.
DISPERSIYA (lot. tarqalgan, yoyilgan) — siyosatda hokimiyatning bir markazda
to‗planmay, butun jamiyatda yoyilishi, ko‗plab o‗zaro bog‗liq, uyg‗un, hokimiyat
markazlarining mavjudligi. Demokratik siyosiy tizim xususiyatlaridan biri.
DISPUT (lot. fikrlash, tahlil qilish, bahslashish) — 1) og‗zaki ilmiy bahs; ommaviy
ma‘ruzadan so‗ng avvaldan belgilangan opponentlar ishtirokidagi munozara.
DISSKUSIYA (lot. tadqiqot, tahlil) — yig‗ilishda, matbuotda, xususiy suhbatda
qandaydir masalani muhokama qilish, bahs.
DIVERGENSIYA — turli xil siyosiy tizim, jarayonlar va madaniyatlarning
miqdoriy va sifat jihatdan usishi.