Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   462
LUG\'AT

DOIMIY VAKOLATXONA
— xalqaro huquqda vakillik tusidagi organ (missiya). 
Davlat tomonidan o‗zi a‘zo bo‗lgan bir yoki bir necha hukumatlararo xalqaro tashkilotlar 
huzurida ta‘sis etiladi. D. v. o‗z mamlakati bayrog‗i va emblemasidan foydalanish 


75 
huquqiga ega. D.v. va uning xodimlari huquqiy maqomi, imtiyoz va immunitetlari 
darajasi xalqaro bitimlar, shun., o‗zi istiqomat qilayotgan mamlakat qonunlari orqali 
belgilanadi. O‗zbekistan Respublikasi BMT, YUNESKO xuzurida va b. xalqaro 
tashkilotlarda o‗zining D.v.siga ega. 
DOIMIY YASHASH SENZI
— qonun bilan belgilangan tartib. Unga ko‗ra, 
fuqaro saylov huquqiga ega bo‗lishi uchun muayyan mamlakatda ma‘lum muddat 
yashagan yoki yashayotgan bo‗lishi kerak.
DOKTRINA
(lot. 
doctrina
) — ta‘limot, ilmiy yoki falsafiy nazariya, siyosiy tizim, 
bosh nazariy yoki siyosiy prinsip. Ba‘zan uni yaratgan shaxs nomini oladi. Maslan, 
Monro doktrinasi. Siyosiy rahbarlik tamoyili. 
DOMINANT
(lot. 
dominanta
– hukmronlik qilmoq) — siyosiy partiyaning 
parlamentda ko‗pchilik deputatlik mandatlarini qo‗lga kiritishi va ustunlik qilishi. 
DOMINION
(ing. 
dominion
– egalik, hokimiyat, lot. 
dominium
– qaram yer) — 
o‗zini-o‗zi boshqaradigan qaram davlat. Ingliz qiroli (qirolicha)ni davlat boshlig‗i deb tan 
olib kelgan va Britaniya imperiyasi tarkibida bo‗lgan davlat. Unga general-gubernator 
tayin qilingan. Dastlabki D.lar – Kanada (1867-yildan), Avstraliya Ittifoqi (1901-yildan), 
Yangi Zelandiya (1907-yildan) va b. Hamdo‗stlik tuzilganidan keyin, garchi ko‗pgina 
sobiq D.lar unga kirib, avvalgidek ingliz qirolichasini davlat boshlig‗i deb hisoblasalarda 
(Kanada, Yangi Zelandiya va b.), D. atamasi qo‗llanilmaydigan bo‗ldi. 
DORILFUNUN
(arab.) — Yaqin Sharq mamlakatlaridagi o‗quv yurtlarining nomi. 
Ba‘zi mamlakatlar (mas., Eron) da o‗rta o‗quv yurti, boshqa ayrim mamlakatlar (mas. 
Turkiya)da esa oliy o‗quv yurti (universitet) ma‘nosida qo‗llaniladi. 1920-1930 – yillarda 
O‗rta Osiyoda ham universitet ma‘nosida ishlatilgan.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin