Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   462
LUG\'AT

DUALISTIK MONARXIYA
— mutloq monarxiyadan parlamentar monarxiyaga 
o‗tish shakli. Konstitutsion monarxiya ko‗rinishi sifatida qaraladi. Jum. unda monarx 
asosan ijro hokimiyati va qisman qonunchilik hokimiyati egasi hisoblanadi. Mas., 
Marokash, Quvayt, Iordaniya mamlakatlari. 
DUALIZM
(lot. 
dualis
– ikki yoqlama) — bir-biri bilan birlashtirib bo‗lmaydigan 
holatlar, tamoyillar, fikrlash tarzi, dunyoqarash, intilish va gnoseologik tamoyillar 
yonma-yon mavjudligini targib qiluvchi ta‘limot. D. plyuralizm ko‗rinishlaridan biri. D. 
terminini nemis faylasufi X.Volf (1679-1754) kiritgan. D. quyidagi juft tushunchalarni 
ifodalaydi: g‗oyalar dunyosi va voqeiy dunyo (Platon), xudo va iblis (yaxshilik va 
yomonlik tamoyili), xudo va dunyo, ruh va materiya, tabiat va ruh, jon va tan, obyekt va 
subyekt, bilim va e‘tiqod, u dunyo va bu dunyo, tabiat saltanati va ilohiy marhamat 
saltanati va b. 
DUAYEN
(fr. 
doyen
– sardor, boshchi) — diplomatik korpus boshchisi, o‗zi 
ishlayotgan mamlakatdagi hamkasblari orasida diplomatik darajasi katta va avvalroq 
akkreditatsiya qilingan diplomatik vakil. 
DUMA
(rus. fikrlamoq) — Rossiyadagi qonun chiqaruvchi kengashi, vakolatli 
muassasa (Boyarlar dumasi, Davlat dumasi); shaharning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari 
(shahar dumasi). 
DURBOR
(fors, 
darbor
– qabul marosimi, zal, shoh saroyi) — Yaqin va O‗rta 
Sharq davlatlarida o‗rta a.larda podshoh huzuridagi saroy amaldorlari kengashi, tantanali 
qabul marosimi. 


76 

 
E‟TIQOD 

 
kishilar faoliyatining o‗ylangan, turg‗un sabablari bo‗lib, ularning 
hatti-harakatlarida, qilgan ishlarida va hulq-atvorida yuzaga keladi. E‘tiqod o‗zida uchta 
holatni bosib o‗tadi: a) bilim, g‗oya, nazariya, (ya‘ni aqliy holat); b) bilimlarga berilgan 
bahoni, munosabatni (ya‘ni baholash holati); v) o‗zlashtirilgan bilimlarni o‗z hatti-
harakatiga tatbiq etish. Bularning zamirida siyosiy, falsafiy, estetik, tabiiy fanlarga oid va 
insonning boshqa qarashlarining tartibga solingan tizimi yotadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin