DIVERSIFIKATSIYA (lot.
diversificatio – o‗zgarish, xilma-xil taraqqiyot) —
korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining
kengayishi, yangilanib turishi. D. ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish,
iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi.
Siyosiy fanlarda muammoga turlicha yondashuvlar birligi va siyosiy faoliyatning turli
uslublaridan foydalanish tushuniladi.
DIVERSIYA (lot.
diversio – diqqatni tortish, chalg‗itish) — 1) maxsus
tayyorlangan agentlar yoki guruhlar tomonidan biror davlat hududida yoki dushman
tomonidan bosib olingan hududlarda uning iqtisodiy va harbiy kuchlarini
kuchsizlantirish, shun. aholining ma‘naviy holatiga ta‘sir o‗tkazish maqsadida tinchlik va
harbiy vaqtlarda amalga oshiriladigan qo‗poruvchilik harakatlari; 2) Mafkuraviy d. –
«psihologik urush» metodlaridan biri bo‗lib, radio, televidenie, matbuot orqali o‗zga
davlatlarga, uning siyosiy tuzumiga qarshi olib boriladigan targ‗ibot dasturi.
DIVIDEND (lot.
dividendum – taqsimlanadigan narsa) — aksiyadorlar jamiyati
foydasidan aksiya egasiga har-yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. D.
miqdori aksiyadorlar jamiyatining sof foydasi, aksiyalar soni va qiymatiga bog‗liq. D.
har-yili aksiyadorlarning qo‗lidagi aksiya miqdori va turiga muvofiq taqsimlanadi.
DIXOTOMIYA (yun
. dichatome – ikki qismga kesilgan) — ajratilgan, bo‗lingan,
ikki bo‗lakka yoki qismlarga ajratilgan.
DOGMA (yun.
dogma – fikr, qoida, ta‘limot) — 1) qanday sharoitda qo‗llanishidan
qat‘i nazar, tanqid ko‗zi bilan tekshirilmay ko‗r-ko‗rona qabul qilinaveradigan qoida,
dalil-isbotsiz muhokama. Dogmatik fikr bilish yo‗liga, fan taraqqiyotiga to‗sqinlik qiladi;
2) ilohiyotda dindorlar uchun majburiy hisoblangan, muhokama yuritmasdan e‘tiqod
qilinadigan ta‘limot (q. Aqida).
DOGMATIZM , aqidaparastlik — tanqidiy nuqtai nazardan tekshirmay, aniq
sharoitni hisobga olmay ko‗rko‗rona fikr yuritish usuli. D. Diniy ta‘limotda qatiy, hech
bir e‘tirozga yo‗l qo‗ymaydigan aqidalarga rioya qilishda, fan sohasida esa, tayin tarixiy
sharoitlarni hisobga olmay o‗zgarmas qonun va qoidalarni tan olishda namoyon bo‗ladi.
D.ga asoslangan tafakkur usuli ilmiy bilishga zid, nazariya bilan amaliyotning bir-biridan
ajralib qolishi natijasidir. D. hukm surgan joyda turg‗unlik, jaholat, karaxtlik, qotib
qolish, mutaassiblik paydo bo‗ladi. Yaqin o‗tmishdagi sho‗rolar tuzumi davrida fan,
falsafa, iqtisodiyot, adabiyot va san‘at sohalarida dogmatik fikrlash usuli hukmronlik
qildi. Iqtisodiy, siyosiy tashkilotlar va ular ishidagi buzilishlar ilmda sotsializmning
asosiy mohiyatini tashkil etuvchi tomonlar sifatida ko‗rsatilar va mutlaqlashtirilar edi. Bu
xulosalar esa ijtimoiy fanlarga bahslashib bo‗lmaydigan dogma sifatida kiritilib, nazariy
fikrlarning ijodiy taraqqiyotiga to‗siq bo‗lib qolgan edi. Shunday sharoitda kimki yangi
ilmiy muammoni ko‗tarib chiqsa, ijodiy fikr yuritishga urinsa, u sotsializm dushmani deb
e‘lon qilinar edi. Natijada ijtimoiy fan vakillari orasida sotsialistik jamiyatni tanqidiy
tahlil qilish mumkin emas., degan fikr keng yoyilgan edi. SSSR parchalangandan so‗ng
ilm-fan va b. nazariy hamda amaliy faoliyatda ijodiy fikr yuritish imkoniyati vujudga
keldi.