82
qilishni ta‘minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar
va texnik vositalar
tizimi.
ELITA
(fr.
elite
– eng yaxshi, saralangan) — jamiyatda boshqaruv vazifalarini
bajaruvchi, fan va madaniyatni rivojlantiruvchi oliy imtiyozli ijtimoiy qatlamni anglatadi.
E.
nazariyasi Platon, Karleyl, Nitsshe tomonidan olg‗a surilgan bo‗lsa ham, qarashlar
tizimi sifatida XX a.da V.Pareto, G.Mosko, Ch.Mills va b.lar tomonidan ta‘riflab berildi.
Italiyalik olim V.Pareto fikriga ko‗ra, elita terminining bosh g‗oyasi ustunlikdir. Ya‘ni
aql, xarakter, chaqqonlik singari xilma-xil qobiliyatlarga oliy darajada ega odamlar –
elita deyiladi. Ushbu nazariyaga qo‗ra, E. tug‗ma iste‘dodli
odamlar orasidan paydo
bo‗ladi. E.ning 5 toifasi – siyosiy, iqtisodiy, ma‘muriy, harbiy va mafkuraviy E. ajratib
ko‗rsatiladi. Ular bir-biriga moslashadi va totalitarizm vujudga kelishining oldi olinadi.
Iqtisodiy E.ga, jum., yirik biznesmenlar, sanoatning yetakchilari,
moliya magnatlari
kiritiladi, ular oldindan ko‗ra bilish, tashabbuskorlik va ishbilarmonlik iste‘dodi bo‗lgan
shaxslar hisoblanadi. E. nazariyasiga ko‗ra, tashabbuskor va ishchan har qanday odam,
ishi yurishib ketsa, E.ga kirishi mumkin. (q. Siyosiy elita)
Dostları ilə paylaş: