ETOKRATIYA
(yun.
ethika
–
axloq,
ethos
– rasm, odat, urf) — nafaqat qonun
balki axloq va hurmat asosida boshqariladigan hokimiyat turi.
EVAKUATSIYA
(lot.
evacuatio
– bo‗shataman, uzoqlashish) — 1) jangovar
harakatlar bo‗layotgan yerlardan yarador, bemor, asirlar, shun., ta‘mirga muhtoj va
ortiqcha asbobuskunalar, harbiy o‗ljalar va b.lar moddiy vositalarni front ortiga jo‗natish;
2) harbiy va siyosiy sabablar, shun., tuzilgan shartnoma va bitimlar asosida qo‗shinlarni
ilgari egallab turgan hududlardan olib chiqib ketish; 3) dushman hujumi xavfi ostida
qolgan yoxud tabiiy ofat (suv toshqini va b.lar) ga uchragan joylardan fuqarolar,
korxonalar, idoralar, badiiy va b.lar qadriyatlar, mulklarni olib chiqish.
EVDEMONIZM
(yun.
evdaimonia
– baxt saodat, roxat-farog‗at) — baxt saodat,
roxat farog‗atni kishilar hayotining oliy maqsadi deb hisoblaydigan axloqiy yo‗nalish.
Evdemonizm baxt saodatni jismoniy va ma‘naviy xuzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi,
87
balki uni keng ma‘noda, barcha jismoniy va ma‘naviy (ko‗pincha fuqarolikka ham oid)
qadriyatlarning majmui tarzida tushunadi. Uningcha, o‗z shaxsida ana shu qadriyatlarni
mujassamlantira olgan kishigina chinakam baxt saodat sohibidir, shunday baxtgina
insonga haqiqiy lazzat farog‗at baxsh etadi. Demokrit, epikur, Farobiy, Ibn Sino,
L.Feyrbax evdemonizmning yorqin namoyondalaridir.
EVOLYUTSIYA
(lot.
evolutio
– avj olish, ochilmoq) — rivojlanishning sinonimi;
asta-sekinlik bilan boruvchi miqdor o‗zgarishlarining muayyan sharoitda yangi sifatga
o‗tishiga olib keluvchi harakat shakli. Bosqichma-bosqich ro‗y beradigan miqdor va sifat
o‗zgarishlari. E.da rivojlanishning sifatiy asosi keskin o‗zgarmaydi, uning boshlanish va
yakunlanish bosqichlari orasida muayyan fursat o‗tadi. Evolyutsion rivojlanishda
portlash hodisasi ro‗y bermaydi. Jamiyatda ro‗y beruvchi o‗zgarishlarning yo‗nalishini,
tartibini, qonuniyatlarini ifodalab, muayyan tizimdagi o‗zgarishlarning doimo o‗zidan
ilgarigi holatidan farq qilishini qo‗rsatib turadi va fanda tarix, tarixiylik, taraqqiyot,
rivojlanish, o‗sish, ravnaq topish singari tushunchalarning mazmunini ifodalaydi.
|