Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   462
LUG\'AT

FAOLIYAT (siyosiy faoliyat)
— odamlar aniq maqsad yo‗lida ongli ravishda o‗z 
hayotlari, maqomlari, o‗zlarini takomillashtirish maqsadida amalga oshiriladigan 
harakalar uyg‗unligi. Siyosiy faoliyat aniq maqsadlar, nuqtai nazarlar, qarashlar, 
hissiyotlar va kayfiyatlar asosida amalga oshadi. Siyosiy faoliyatning asosini tashkilotlar, 
birinchi navbatda, partiyalar tashkil etadi. Siyosiy faoliyat turlariga boshqaruv, huquqiy, 
tashkiliy axborot, tashviqot-tarbiyaviy faoliyat sohalari kiradi; shakllariga hokimiyat 
organlarini tuzishda itirok etish 

saylovlar; qarorlar qabul qilishda ishtirok etish 

umumxalq muhokamasi, namoyishlar, petitsiyalar, ekspert xizmatlari; absentizm; 
muxolifat va h.k.lar kiradi; usullarini kelishuv, ixtilof, yon bosish, bitimlar tashkil etadi. 
FAOLIYATIY YONDOSHUV
— siyosatni-muayyan tadbirlar ketma-ketligi 
sifatida qaraydi va siyosiy qarorlar qabul kilish jarayonini o‗rganishda keng qo‗llanadi. 


89 
FAOLLIK (siyosiy faollik)
— muayyan siyosiy va b. maqsadlarga erishishga 
qaratilgan ongli harakat darajasi. Shaxs, guruh, partiyalar, xalq ommasi faoliyatining eng 
muhim sifatlaridan, xususiyatlaridan biri. 
FARMON
— 1) muayyan mamlakatlarda davlat boshligi (Prezident) chiqaradigan 
muhim huquqiy hujjat. F. bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va 
lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va 
medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, 
umumnormativ xususiyatga ega bo‗lgan qarorlar rasmiylashtiriladi. Umumiy qoidaga 
ko‗ra, F. mazkur davlat konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‗lmasligi kerak. O‗zbekiston 
Respublikasida Prezident F.lari Oliy Majlis yoki Vazirlar Mahkamasi roziligisiz mustaqil 
tarzda Prezident tomonidan qabul qilinadi. 2) F. mazmun va mohiyatiga ko‗ra, 
konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning vositasi sifatida namoyon 
bo‗lib, yuridik kuchi nuqtai nazaridan konstitutsiya va qonun normalariga nisbatan 
ikkilamchi hisoblanadi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin