ETATOKRATIYA (fr.
etat – davlat) — davlat deyarli to‗liq, butun, mutlaq kuch
hisoblanadi, ayniqsa, iqtisodiy jamiyatning barcha tomonlariga o‗zining faol ta'sirini
o‗tkazadi. Bunda ijtimoiy rivojlanishning eng yuqori natijasida davlatning har tomonlama
rivojlantirishga qaratilgan. Bunday holat totalitar tizimlari, fashistik va sotsialistik
rejimlardagi mamlakatlarda aniq namoyon bo‗ladi; birinchi navbatda, davlat jamiyatga
jum., iqtisodiyotga faol va samarali ta'sir etish siyosatini olib boradi.
ETIKA (yun.
egpoz – xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat
hayotidagi o‗rnini o‗rganuvchi falsafiy fan. E. axloqshunoslikning falsafiy nazariy
muammolarini va axloqqa doir didaktik amaliy asarlarni o‗z ichiga oladi. U insoniyat o‗z
tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar,
maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy
xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonun qoidalarni o‗rgatadi.
ETNIK GURUH — muayyan bir xalq (qabila, qabila ittifoqi, elatning) ning
parchalanib alohida qismlarga bo‗linib ketishi natijasida vujudga keladigan guruh. E.g.ni
quyidagicha izohlash mumkin: o‗z xalqidan (qabila, elat) ajralib chiqqan guruh va b.lar
xalqlar tarkibiga kirib, uzoq muddat yashab, shu xalqning tili, xo‗jalik faoliyati, urf-
odatlari, turmush tarzini qabul qilib, unga batamom singib, o‗zlarini shu xalq etnik nomi
bilan ataydigan bo‗lib qoladi.
ETNIK KONFLIKT — etnik guruhlararo mojaroning shakllaridan biri. Milliy
etnik belgilariga ko‗ra va b. manfatlarining qarama-qarshiligi oqibatida yuzaga kelgan
konflikt.
86
ETNIK TOZALASHLAR —
etnik va irqiy asos (mansublik) larga ko‗ra
fuqarolarning ta‘qib qilinishi, ko‗chirilishi yoki o‗ldirilishi.