Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   462
LUG\'AT

EMBARGO 
(ispancha 
embargo

xatga olish, man etish) — 1) davlat tomonidan 
muayyan tovarlar, xizmatlar, valyuta yoki boshqa boyliklarni mamlakatga keltirish yoki 
boshqa mamlakatlarga olib ketish, chetga chiqarishni taqiqlab qo‗yish; ayrim 
mamlakatlar yoxud mamlakatlar guruhi bilan savdo munosabatlarini to‗la taqiqlash


83 
iqtisodiy yoki siyosiy, moliyaviy, ilmiy-texnik tazyiq vositasi bo‗lib, hukumat tomonidan 
joriy etiladi. 2) o‗z hatti-harakatlari bilan butun dunyo tinchligiga va xalqaro xavfsizlikka 
tahdid soluvchi davlatlarga nisbatan iqtisodiy va moliyaviy bosimning repressiv chorasi 
sifatida qo‗llaniladigan tovarlar va valyutalarni, shun., tijorat va savdo-iqtisodiy 
faoliyatning boshqa turlarini mamlakatga olib kirishni va undan olib chiqib ketishni to‗liq 
yoki qisman man qilish. BMT qaroriga ko‗ra, BMT Ustavini buzganligi yoki boshqa 
nojo‗ya ishlari uchun jazo chorasi tarzida muayyan mamlakatlarning boshqa mamlakatlar 
bilan savdo aloqalarini to‗sib qo‗yshi ham E. hisoblanadi. E. aksariyat hollarda iqtisodiy 
xarakterga ega bo‗ladi. E. qo‗llash hamisha ham adolatli bo‗lishini ta‘kidlash qiyin. 
Geosiyosiy raqobat natijasida qudratli davlatlar tazyiqi ostida ayrim davlatlarga nisbatan 
E. bir yoqlama qo‗llanilishini kuzatish mumkin. Bunga qudratli davlatlarga nisbatan 
deyarli hech qachon E. qo‗llanilmasligini yoki neft ko‗p bo‗lgan, ammo o‗z mustaqil 
siyosatini yuritishga harakat qilgan ayrim zaif mamlakatlarga nisbatan bunday 
taqiqlashni qo‗llanilishini misol keltirish mumkin. 
EMIGRANT (
lot.
 
emigrare
– chiqish
) -
o‗z davlati fuqoroligini tark etgan yoki 
boshqa bir davlatga butunlay yashash uchun ko‗chib ketgan shaxs.
EMIGRATSIYA 
(lot. 
emigro

ko‗chish, ko‗chib ketmoq) — aholining muayyan 
mamlakatdan boshqa mamlakatga doimiy yoki vaqtinchalik yashash uchun (ixtiyoriy 
yoki majburiy) iqtisodiy, ijtimoiy (ko‗pincha diniy) va siyosiy sababga ko‗ra ko‗chib 
ketishi. E., asosan, kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga xos bo‗lib, u 
yerdagi ishsizlik va b.lar iqtisodiy qiyinchiliklar, ijtimoiy va milliy tengsizlik, siyosiy, 
diniy va b.lar ta‘qiblar tufayli sodir bo‗ladi. E. mamlakatlar aholisining soni va tarkibiga 
bevosita ta‘sir etadi. E. tushunchasi uchun yagona ta‘rif mavjud emas., har bir davlatning 
o‗z mezonlari bor. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‗g‗risidagi xalqaro paktda har bir 
fuqaroning xohlagan davlatni, jum., o‗z mamlakatini ham tark etish huquqi nazarda 
tutilgan. 
EMISSAR 
(lot. vakil) — bir davlat tomonidan boshqa bir davlatga muayyan 
(odatda, maxfiy) topshiriq bilan yuboriladigan shaxs, agent. E. missiyasi, odatda, rasmiy 
xarakterga ega bo‗lmaydi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin