Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


EKZOGEN — tashqi sabab, turtki natijasida vujudga kelgan ta‘sirlar.  EL



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   462
LUG\'AT

EKZOGEN
— tashqi sabab, turtki natijasida vujudga kelgan ta‘sirlar. 
EL 
— 1) muayyan joyning odamlari, aholisi, xalqi; 2) bir qabilaga mansub odamlar
qabila; 3) yurt, diyor, mamlakat. 
ELAT 
— kishilarning til, hudud, iqgisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib 
topgan millatdt oldingi birligi. E. qabila bilan millat orasidagi etnik birlikning 
ko‗rinishidir. E.ning shakllanishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi 
asos bo‗lgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma‘lum bir bosqichida qabilalar orasidagi 
etnik, xo‗jalik, moddiy va madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida bir 
qancha qabilalar birlashadilar. Natijada etnik birliknpng yangi turi vujudga keladi. Bu E. 
deyilib, ma‘lum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida 
shakllanadi. 
ELCHI 
— 1) bir davlatning boshqa bir davlatdagi elchixonasiga rahbarlik qiluvchi 
diplomatik vakil. Muxtor vakil hisoblanmish E. zimmasiga diplomatik aloqalar o‗rnatish, 
davlatlar yoxud dushman tomonlar o‗rtasida tinchlik o‗rnatish, hamkorlikdagi 
harakatlarga oid bitimlar tuzish, davlat boshlig‗i yoki hukmdor sulola a‘zolarining vafoti 
munosabati bilan ta‘ziyalar bildirish, biron bir shodiyona bois muborakbodlar qilish kabi 
mas‘uliyatlar yuklatilgan. E.ning o‗ldirilishi yoki hibs qilinishi aksariyat diplomatik 
munosabatlarning keskinlashuviga, ba‘zan uzilishiga olib kelgan. 2) oliy diplomatiya 
darajasi - favqulodda va muxtor elchi. 
ELCHIXONA 
— 1) elchi yoki boshqa birinchi klass diplomatik vakil tomonidan 
boshqariladigan diplomatik vakillik; 2) suveren davlatning boshqa suveren davlat 
qoshidagi diplomatik vakolatxonasi. Shu vakolatxona joylashgan bino. 
ELEKTORAL
(lot
. elector – 
saylovchi) — saylanadigan, tanlanadigan. 
ELEKTORAT 
(lot. 
elector
– saylovchi) — 1) saylovda ishtirok etish huquqiga ega 
bo‗lgan shaxslarning soni. 2) Parlament, prezidentlik yoki mahalliy hokimiyat 
organlariga saylovlarda biron bir siyosiy partiya yoki nomzodni qo‗llab-quvvatlovchi 
saylovchilar guruhi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin