Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   462
LUG\'AT

EPOXA
(yun. 
epoche

ushlanib qolish, to‗xtash) — 1) jamiyat taraqqiyotidagi 
muayyan o‗ziga xoslik, sifatiy alohidalik bilan ajralib turuvchi davr. Jamiyat tarixida E. 
muayyan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ikkinchi taraqqiyot o‗tish davri bilan bog‗liq. 
2) Ko‗chma ma‘noda muhim, katta davr ma‘nolarini ifodalaydi. 
ERKIN BOZOR 
— narxlar biron bir tashqi omillar ta‘siriga bog‗liq bo‗lmagan 
holda faqat talab va taklifga ko‗ra shakllanadigan bozor 
ERKINLIK 
— kishining o‗z istagi bo‗yicha ish tutishi. E. tushunchasi 
huquqshunoslik, siyosatshunoslik kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Mas., 
vijdon erkinligi, so‗z erkinligi, matbuot erkinligi va h.k. E. boshboshdoqlikni emas., 
jamiyatdagi muayyan tartibni, umumiy siyosiy hayot va jamiyatning butun faoliyati va 
uning a‘zolari bilan bog‗liq bo‗lgan cheklanishlar yo‗qligini ifodalaydi. E. insonning 
jamiyat oldidagi vazifani bajarishni erkin, ixtiyoriy tanlashidir. E. insonning siyosiy, 
ma‘naviy ta‘qibdan, zo‗ravonlikdan himoyalanganligini bildiradi. E. o‗z baxtini o‗zi 
yaratish vositasi bo‗lib, insonning o‗zligini anglash darajasini ifodalaydi. Inson erkinligi 
obyektiv shartsharoit va vaziyatga bog‗liqdir. U mavhum emas., u doimo konkretdir. 
Shaxs muayyan sharoit va vaziyatda tayin imkoniyatga tayanib aniq maqsadiga erishadi. 
Ammo, sharoit, vaziyat va imkoniyatlarga hamma ham bir xilda ega bo‗lmasligi mumkin. 
Maqsadga erishishda kimgadir shart-sharoit, kimgadir maqsadga erishish vositasi, 
kimgadir imkoniyat yetishmay qoladi. Muayyan vaziyatda va shart-sharoitda kimdir 
maqsadga erishish uchun E.ka ega bo‗lishi yoki kimdir undan mahrum bo‗lishi mumkin. 
Shaxsning erkinligini oshiruvchi omillarga u egallagan bilim va tajriba kiradi. 
ERKINLIK DEMOKRATIYASI 
— fransuz siyosatchi va mutafakkiri A.Tokvilga 
ko‗ra feodalizm bosqichidan o‗tgan va tabaqaviy chegaralar emirilgan barcha davlatlar 
demokratik hisoblanadi. Lekin bu davlatlarning ba‘zilari – bozor, raqobat, tengsizlik 
yo‗lidan ketgan bo‗lsa, ba‘zilari – tenglik demokratiyasi yo‗ldan bordi. 
ESKALATSIYA 
(ing. 
escalation
– asta-sekin kuchayish, ko‗payish) — ziddiyat va 
nizolarning kengayishi, o‗sishi, kuchayishi.
ESKEYPIZM
(ing. 
escape
– qochish, saqlanib qolish) — shaxsning voqealikdan 
xom xayollar, fntaziyalar dunyosiga ketishga intilishi. 
ETATISTIK 
— jamiyatning tartibga solinishi va integratsiyalashuvi instrumenti 
sifatida davlat rolining oshib borishida namoyon bo‗ladi. Bunda davlat iqtisodiy, 
ijtimoiy, informatsion jarayonlarga faol aralashadi. Soliqlar, sarmoyalar, kredit va b. 
siyosat yordamida ishlab chiqarish rivojlanishini rag‗batlantiradi, xalq xo‗jaligidagi 
nomutanosiblikni bartaraf etadi. 


85 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin