Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   462
LUG\'AT

FATVO 
(arab. 

tushuntirish, izoh, hukm, qaror) — islomda muftiy yoki ulamolar 
kengashi tomonidan diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda beriladigan 
qaror, hukm yoki izoh.
FAVQULODDA HOLAT
— davlat hokimiyati va b.ruv organlarining, 
korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning alohida ish rejimi. Bunda 
fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda yuridik shaxslarning huquqlariga maxsus 
qonun bilan belgilangan cheklashlarga yo‗l qo‗yiladi, shun., ularga qo‗shimcha 
majburiyatlar yuklanishi mumkin. F.h., odatda, vaqtinchalik tadbir bo‗lib, real tashqi 
xavf, ommaviy tartibsizliklar, ichki qurolli mojarolar, yirik halokat, tabiiy ofat, 
epidemiyalar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlashni ko‗zlab joriy 
etiladi. 
FAVQULODDA SUD
— alohida voqealar, hodisalar yoki sharoit talabi bilan joriy 
etiladigan sud. 
FAXRIY UNVON
— O‗zbekiston Respublikasida fuqarolarning alohida 
xizmatlarini yuksak e'tirof etish shakllaridan biri. Fuqarolarni mehnatdagi xizmatlari, 
samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun ularni rag‗batlantirish maqsadida 
beriladi. Mas., «O‘zbekiston qaxramoni», «Buyuk xizmatlari uchun», «Jasorat», «Amir 
Temur», «Do‘stlik» va h.k. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‗ra, davlat 
mukofotlari va unvonlarini ta'sis etish O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq 
vakolatlari jumlasiga kiradi. O‗zbekiston Respublikasining malakaviy va F.u.larini berish 
O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti vakolatiga kiradi.
FEDERALISTLAR
— Argentina va b. davlatlarda viloyatlarga keng muxtoriyat 
berish tarafdorlari. 
FEDERALIZM
(lot. ittifoq orqali mustahkamlash) — federativ asoslarga ko‗ra 
birlashgan davlat tuzilishi tizimi. 


91 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin