F FAKTOR-TAHLIL (lot. ishlab chiqaruvchi) — ko‗p o‗lchovli matematik statistika
usuli. U ijtimoiy obyektlar belgilari o‗rtasidagi o‗zaro aloqalarni o‗lchash va belgilarni
ana shu o‗zaro aloqalar asosida turkumlashga asoslanadi. Juft korrelyasiyalar asosida
faktor tahlilda yangi, yirikroq belgilar olinadi. Ana shular faktor deb ataladi.
FALSAFA (siyosiy falsafa) — siyosatni yaxlit holda, uning tabiati, inson uchun
ahamiyati nuqtai nazaridan o‗rganuvchi, siyosiy hayotning ideallari, me'yoriy tuzilishini
ishlab chiquvchi, siyosatni baholashning umumiy mezonlarini belgilab beruvchi bilim
sohasi. Siyosiy falsafa predmetini uch toifa hodisalar tashkil etadi: 1) siyosatni axloq,
yirik ijtimoiy guruhlar va insoniyat nuqtai nazaridan baholash mezonlari, siyosiy
qadriyatlar; 2) tarixiy tajriba, umumlashmalar asosida siyosatning tub asoslarini
o‗rganish; 3) siyosatni bilish usullari va vositalarini tahlil qilish, siyosiy kategoriyalar
ma'nosini aniqlash.
FALSIFIKATSIYA (lot. sohtalashtirish) — haqiqiyni qalbakiga, aslni sohtaga
almashtirish, real borliqni buzib ko‗rsatish.
FANATIZM (lot.
fanaticus – juda asabiylashgan, jazavaga tushgan) — o‗z
e'tiqodiga sodiqlikning boshqalarning e'tiqodlariga toqatsizlilik bilan uyg‗unlashuvi.
Ya‘ni muayyan g‗oya, e‘tiqodga ko‗r-ko‗rona va kuchli ishonish ma‘nosini anglatadi.
F.ning iste‘molchilik, diniy, siyosiy-g‗oyaviy, falsafiy va milliy shakllari mavjud.
Siyosiy fanatizmga fransuz inqilobi davrida, siyosiy partiyadan ko‗ra ko‗proq o‗ziga xos
siyosiy mazhabga o‗xshab ketadigan yakobinchilar siyosiy mutaassiblikka misol bo‗ladi.
F.ning xatarli jihati shundaki, unga yo‗liqqan odanlar yoki ularning guruhlari jamiyatda
beqarorlik to‗lqinini keltirib chiqarishga qodir bo‗ladi.
FAOLIYAT — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning o‗zini
o‗zi maqsadga muvofiq tarzda o‗zgartirish usuli, inson borlig‗ining muhim
xususiyatlaridan biri. Faqat F. zamiridagina inson mohiyati namoyon bo‗lishi,
jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi ta‘minlanishi mumkin. Inson va
jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, F. shakllari, asosan, quyidagicha
turkumlashtiriladi: moddiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy F.