Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   462
LUG\'AT

ETATISTIK SIYOSIY MADANIYAT 

 
davlat va davlat institutlarini jamiyat 
siyosiy hayotini tashkil etish, individlarning siyosatda ishtirok etishining prinsip va 
normalarini belgilovchi yetakchi rolini anglatuvchi ham amaliyotda uchrab turadi. 
ETATIZM 
(fr. 
etat

davlat) — davlatning jamiyat siyosiy va iqtisodiy sohalarida 
faol aralashuvini, asoslovchi ijtimoiy nazariya. Davlatning jamiyat hayotiga faol 
aralashuvi. Davlatni jamiyat taraqqiyotining yuqori natijasi va maqsadi hamda o‗z 
navbatida, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy, hal qiluvchi omili deb hisoblovchi 
ijtimoiy tafakkur yo‗nalishi. «E.» terminini Shveytsariyalik siyosatshunos N.Dro XIX 
a.da qo‗llagan. E. iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning o‗ta markazlashishi va 
byurokratlashishini, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalari (iqtisodiy, ijtimoiy, 
madaniy va h.k.) da zo‗ravonligini anglatadi. Etatistik mafkuraning erkinlashuv va 
demokratiyaga qarshi xarakteri davlatning avtoritar, totalitar va fashistik shakllarida 
yaqqol namoyon bo‗ladi. XX a.ning 30-yillarida Turkiyada E. milliy iqtisodiyotning real 
modeli sifatida rasman tan olingan edi. Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti 
M.K.Otaturk E. siyosatini e‘lon qilgan va bu siyosat mamlakatning 1937-yilgi 
konstitutsiyasida mustahkamlab qo‗yilgan. Turli mamlakatlarning iqtisodiy tizimlari o‗z 
taraqqiyotining ayrim davrlarida amalda etatistik modelga muayyan darajada 
yaqinlashgan. Uning asosiy belgilari fashistlar Germaniyasi singari totalitar davlatlarda 
amalga oshirilgan. SSSR, Sharqiy Yevropa, shun., Janubiy Sharqiy Osiyo va Lotin 
Amerikasi mamlakatlarida davlat iqtisodiyoti aslida etatistik iqtisodiyot bo‗lgan edi. 
Iqtisodiyot etatistik modelining samarasizligi SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari 
iqtisodiyotining sinishida ayniqsa yaqqol ko‗zga tashlandi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin