Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   462
LUG\'AT

FEDERATIV DAVLAT
(fr. birlashma, ittifoq) — ma'lum siyosiy mustaqillikka 
ega davlatlarning birlashishi natijasida vujudga keladi. Federativ davlat milliy yoki 
hududiy tamoyillar asosida tuzilishi mumkin. Federatsiyaning subyektlari: respublika, 
viloyat, o‗lka (Rossiya), shtat (AQSH va Hindistonda), yerlar (Germaniyada) deb ataladi. 
Federativ davlatlarda bir necha Konstitutsiya, bir necha fuqarolik bo‗ladi. Unitar 
davlatdan farqli o‗laroq federatsiya hokimiyat oliy organlarining 2 tizimiga ega: 1) 
federal organlar; 2) federatsiya a‘zolarining tegishli organlari. Federatsiya a‘zolarining 
tegishli organlari, federal organlar o‗z vakolatlari va funksiyalarini butun mamlakat 
hududida amalga oshiradilar. Federatsiyani tashkil etuvchi tuzilmalar tom ma'nodagi 
davlatlar emas. Federatsiya hududiy va milliy turlarga bo‗linadi. Jahonda 20 dan ko‗proq 
federatsiyalar bor. Xususan, AQSH, Germaniya, Braziliya, Rossiya, Hindiston (Bir 
vaqtlar sobiq SSSR, Chexoslavakiya, Yugoslaviya) kabi. 
FEDERATSIYA
(lot. 
foederatio

birlashma, uyushma) — 1) davlat tuzilishi 
shakli; yuridik jihatdan muayyan siyosiy mustaqilligi bo‗lgan davlat tuzilmalaridan 
tashkil topgan murakkab (uyushma) davlat. Federativ davlatni tashkil etuvchi davlat 
tuzilmalari (shtatlar, o‗lka, kontonlar) F. subyektlari hisoblanadi va o‗z ma'muriy-
hududiy bo‗linishlari bo‗ladi. F.da yagona konstitutsiya, yagona ittifoq (federal) davlat 
hokimiyati organlari bo‗ladi, yagona fuqarolik, pul birligi va shu kabilar amal qiladi. 
Unitar davlatdan farqli ravishda F. hokimiyat oliy organlarining 2 tizimiga 

federal 
organlar va F. a‘zolarining tegishli organlariga ega bo‗ladi. Federal organlar 
mamlakatning hamma qududida o‗z vakolat va vazifalarini amalga oshiradi. F.ni tashkil 
etuvchi davlat tuzilmalari tom ma'noda davlat hisoblanmaydi. Ular suverenitetga, 
ittifoqdan bir tomonlama chiqish huquqiga ega bo‗lmaydi, yuridik jihatdan xalqaro 
munosabatlarda qatnashish huquqidan mahrum. Ittifoq konstitutsiya yoki qonunlari 
buzilgan taqdirda markaziy hokimiyat F. subyektiga nisbatan majburlash choralarini 
ko‗rish huquqiga ega. F.ning eng zarur belgilaridan biri 

federal parlamentning 2 palatali 
tuzilmasidir. Odatda, F. a‘zolarining o‗z mustaqil konstitutsiyasi bo‗ladi. Milliy (til) 
omilning ahamiyatiga qarab F. tuzilishini belgilashda hududiy asosdagi F. (AQSH, 
Avstraliya, Avstriya, GFR, Argentina, Venesuela, Braziliya, Meksika), milliy asosdagi F. 
(Hindiston, Belgiya, Nigeriya, Pokiston) va aralash milliy-hududiy asosdagi F. (Rossiya 
Federatsiyasi, Shveytsariya, Kanada) farqlanadi. Jahonda 21 ta federativ davlat bor 2) 
xalqaro yoki milliy jamoat tashkiloti (mas., Xalqaro shaxmat F.si). 
FE'L-ATVOR
, xarakter — shaxsning atrof muhitga va o‗z-o‗ziga munosabatida 
namoyon bo‗ladigan individual xususiyati. Har bir kishining F.a.ida uning bosib o‗tgan 
hayot yo‗li aks etadi. Kishining F.a.ini bilib, ma'lum vaziyatda o‗zini qanday tutishini 
oldindan ko‗rish va uning xatti-harakatini to‗g‗ri yo‗naltirish mumkin. F.a. 
xususiyatlarining 4 ta tizimi bor: 1) ayrim insonga, guruhga, jamoaga nisbatan 
munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik qilish, talabchanlik va 
b.); 2) mehnat faoliyatiga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar 
(mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mehnatga mas'uliyat yoki mas'uliyatsizlik bilan 
munosabatda bo‗lish va b.); 3) narsa va ashyolarga nisbatan munosabatni ifodalovchi 
xususiyatlar (ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayash yoki ularga ehtiyotsizlik bilan 
yondashish va b.); 


92 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin